O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini


Download 1.96 Mb.
bet18/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

4.3. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini
tashkil etish shakllari

Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi.


Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liq. Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi. Korxona ichidagi ixtisoslashtirish tsex va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiriladi.
Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng foydalaniladi.
Matbaachilik korxonalari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir.
Sanoat korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud.
TSexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil texnologik operatsiyani va bir xil ishni bajaradi.
Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxona bo’limlari (tsex, uchastkalar)da texnologik ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning ko’lamiga qarab (masalan, yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berish bo’yicha (masalan, turli qog’ozlar, rangli xolatda); jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tayyorlash.matn tayyorlash, bosmadan chiqarish).
Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnika va texnologiyadan, shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi.
TSex va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik jihatdan har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detal yoki qismlar bo’yicha bajaradi. Korxona bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan korxonalar uchun tavsiflidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday tsexlar matbaa mahsulotlarining ayrim turlari va qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi.
Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani puxta ishlab chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish koeffitsientlarining yuqori bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning tsex va bo’limlaridagi boshliqlar va aniq ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishin tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish.
Ishlab chiqarish jarayonlarining buyumlar bo’yicha tuzilishiga zavod-avtomat misol bo’la oladi. Masalan, alьyumindan avtomobil porshenlarini ishlab chiqaradigan zavod-avtomat bitta agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq eritmani tayyorlash, quyish, porshenlarga issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning katta-kichikligi bo’yicha saralash va joylashni tekshirish.
Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish ishlab chiqarish uchastkalarini qisman ixtisoslashgan uskunalar bilan qurollantirish natijasida xomashyolarni tejab-tergab ishlatishni va mehnat unumdorligiga erishishni ko’zda tutadi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi. Ommaviy ishlab chiqarish bir xildagi mahsulotni uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab takroran ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. Uchastka, liniya, ish joyida ishlab chiqarish jarayoni qat’iy ravishda qaytariladi. Bunday korxonalar dam-badam bir yoki ikki xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:

  • mahsulotni uncha ko’p bo’lmagan nomsnklaturasini doimiy ravishda ko’plab ishlab chiqarish;

  • doimiy ravishda biriktirilgan bitta operatsiyani bajarish uchun ish joyini ixtisoslashtirish;

  • maxsus uskunalar va yuqori unumli anjomlarning ulushini ma’lum darajada ko’paytirish;

  • mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan jarayonlarning ulushini ko’paytirish va qo’l mehnati bilan bajariladigan ishni kamaytirish;

  • ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish (seriyalab ishlab chiqarishga nisbatan);

  • ishlab chiqarish boshqarish funktsiyasini markazlashtirish va operativ rejalashtirish.

Korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’ziga xos har xil turdagi ishlab chiqarish bilan aniqlanadi va yanada ilg’or texnologiyani joriy qilish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan belgilanadi. Masalan, donalab ishlab chiqarishda korxonalarning maxsus qayta qurollanishiga ketadigan harajatlarning tannarxdagi ulushi 1,5-2,5 foizni, seriyali turida 5-6 foizni va ommaviyda esa 8-12 foizni tashkil etadi.
Korxonalarda qo’llaniladigan ishlab chiqarishning hozirgi zamon usullari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: Uzluksiz (potok); partiyalab donalab ishlab chiqarish. Bularning bir-biridan farqi ish joyini ixtisoslashtirish darajasi, mehnat buyumlarining ish joyidagi harakat usuli, tsex va uchastkalarnin qurilish usullari, ritmlilik va uzluksizlik darajasi bilan belgilanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling