O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Funktsional va boshqaruvchi kichik sistemalar mazmuni


Download 1.96 Mb.
bet15/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Funktsional va boshqaruvchi kichik sistemalar mazmuni.
Funktsional kichik sistema quyidagi komponentlardan iborat: marketing, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil qilish, hisob va nazorat, motivatsiya, tartibga solish.
Tashkil qilish funktsiyasi - boshqarish sistemasiga munosib bo’lib, uning xossalari, strukturasi tarkibi o’zaro aloqalari va ko’rsatilgan elementlarning o’zaro harakat jarayonlarini xarakterlaydi. Bundan tashqari bu funktsiya ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil qilish sistemasini o’z ichiga oladi. Korxona ishlab chiqarish bo’linmalari yoki alohida tsexlarida tashkil qilish funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va jamoaning bir maqsadga yo’naltirilgan ta’sirini ta’minlovchi boshqariladigan va boshqaruvchi sistemalarni ko’rsatadi.
Tashkil qilish korxonaning ma’lum bir formasi hisoblanib o’suvchi xususiyatga ega bo’lgan uzluksiz jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish darajasini yangi texnika va texnologiyani tatbiq qilish jarayonlarini ko’rsatadi.
Funktsiyalar orasida boshqarishning rejalashtirish funktsiyasi egallab ma’lum bir ob’ektning, ma’lum bir maqsadga erishishini ta’minlab turadi. Rejalashtirish funktsiyasi rejali turli davrlarda ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va har bir bo’linma uchun aniq vazifalarni aniqlashni ko’rsatadi. Ishlab chiqarish dasturining shakllanishida bor bo’lgan resurslarlarning qiymati yetkazilishi, taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur hisoblanib rejalashtirish funktsiyasi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda ma’lum maqsadga erishish va uni amalga oshirish uchun minimal xarajatlar va yo’qotuvlarga ega bo’lgan optimal qarorlarni tanlashni talab qiladi.
Buning uchun boshqarish qarorlarii ishlab chiqishda iqtisodiy matematik metodlar va EXM lar qo’llaniladi.
Motivatsiya funktsiyasi - tsex jamoasiga samarali mehnatni uyg’otuvchi motivlar formasida, jamoa va shaxsiy ta’sirlarga rag’batlantirish choralari sifatida ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirlar boshqarish organlari ishlarini faollashtirib, ishlab chiqarishni boshqarish sistemasining samaradorligini oshiradi.
Nazorat funktsiyasi - jamoaga ta’sir ko’rsatuvchi formasida yuzaga kelib boshqarish qarorlarini tayyorlash maqsadida tsex ishlab chiqarish faoliyatining natijalari tahlilini jamlab, boshqarish xizmati va bo’linmalar rahbarlariga ularni yetkazishni ta’minlaydi.
Tartibga solish funktsiyasi - ishlab chiqarish jarayonida to’xtovlarni bartaraf qilish maqsadida ishlab chiqarishni bir me’yorda olib borish maqsadida kishilar jamoalariga ta’sir qilish uchun yuzaga keladi. Bu funktsiya natijasida ishlab chiqarish uzluksiz bir me’yorda olib borilib, samarali mahsulotni ishlab chiqarishni taqozo qiladi.
Tartibga solish - tashqi muhit omillari o’zgarishini o’rganish bo’yicha menejment funktsiyasi, u firma menejment sistemasi faoliyat ko’rsatish samaradorligi va boshqarish qarorlari sifatiga ta’sir ko’rsatadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling