O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet12/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Boshqaruv funktsiyasi – faoliyat doirasi va vazifasi sifatida boshqarish sub’ektining boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir etish yo’nalishlarini o’zida aks ettiradi.

Boshqarish funktsiyalari - ko’p qirrali va murakkab tushuncha bo’lib, ularni muhim belgilariga ko’ra turkimlab o’rganish mazkur fanning maqsadiga muvofiqdir.


Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, turkumlanishi va tizimini o’rganish orqali butun bir boshqarish jarayonini yuqori samaradorlikka yo’naltirish mumkin bo’ladi.

2-jadval


Boshqarish funktsiyalarining turkumlanishi




Mazmuni va moxiyatiga ko’ra

Boshqarish funktsiyalarining turkumlari


I

Qo’llanish ko’lamiga qarab

- umumiy(asosiy)funktsiyalar
- aniq funktsiyalar

II

Faoliyat turlariga qarab

- Iqtisodiy funktsiyalar.
- Sotsial funktsiyalar
- Ma’naviy-ma’rifiy funktsiyalar
- Tashkiliy funktsiyalar

III

Ob’ektni qamrab olishga qarab

- xududiy funktsiyalar
- tarmoq funktsiyalari

IV

Mehnat taqsimoti belgisiga qarab

- Rahbar funktsiyalari
- Bo’ysunuvchi funktsiyalari.

Boshqarish funktsiyalarining hamma turkumlarida va har qanday bosqichlarida boshqarishning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’ladi. SHundan kelib chiqib, boshqarish nazariyasi asoslari fanining funktsiyalarini, ularning boshqarish faoliyatidagi o’rnini o’rganish boshqarishni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Ishlab chiqarish menejmenti sistemasi o’z strukturasiga ega. Ishlab chiqarish menejmenti sistemasi strukturasi menejment ilmiy yondashishlari talablariga javob berishi kerak.
Bu sistema quyidagi kichik sistemalarni o’z ichiga oladi:

  1. Maqsadli kichik sistema, bu kichik sistema o’z navbatida quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:

    1. bajariladigan ishlar va ishlab chiqariladigan maxsulot sifatini oshirish;

    2. resurslardan tejamli foydalanish;

    3. tovarni sotish bozorini kengaytirish;

    4. ishlab chiqarishni texnik-tashkiliy rivojlantirish:

    5. atrof muxitni muxofaza qilish va jamoa ijtimoiy rivojlanishi.

  2. Ta’minlovchi kichik sistema, bu kichik sistema o’z navbatida quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:

    1. uslubiy ta’minot;

    2. resurslar ta’minoti;

    3. axborot ta’minoti;

    4. xuquqiy ta’minot.

  3. Funktsional kichik sistema, bu kichik sistema o’z navbatida quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:

    1. marketing;

    2. rejalashtirish;

    3. jarayonlarni tashkil etish ;

    4. xisob va nazorat;

    5. motivatsiya;

    6. tartibga solish.

  4. Boshqaruvchi kichik sistema, bu kichik sistema sistema quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:

    1. personalni boshqarish;

    2. menejment sotsiologiyasi va psixologiyasi;

    3. boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    4. qarorlarni qabul qilish taxlili;

    5. qarorlarni qabul qilishda bashorat.

  5. Firma faoliyati raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi tashqi muxit komponentlari quyidagilar:

- makromuxit, mikromuxit, xudud infrastrukturasi. Bu sanab o’tilgan komponentlardan tashqari ishlab chiqarish menejmenti sistemasida "kirish" komponentlari va "chiqish" komponentlari mavjud.
"Kirish" komponentlariga - uslubiy, normativ, me’yoriy, loyixa-konstruktorlik xujjatlari, xom-ashyo, materiallar, yangi jixozlar, yangi mexnat resurslari, axborot kiradi.
"CHiqish" komponentlariga - miqdor va sifat jixatidan ma’lum muddatlarga to’g’ri keladigan ishlab chiqariladigan tovar kiradi.
Menejment sistemasining "teskari aloqalar" komponentlariga talablar, reklamatsiya va innovatsiya, ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi yutuqlari, qoniqarsiz sifat maxsulotlari tufayli firma iste’molchilarida tug’iladigan talablar va takliflar kiradi.
Ishlab chiqarish menejmenti sistemasini ko’rib chiqishda korxonada avval marketing izlanishlari asosida sistema "chiqishi" aniqlanishi keyin "tashqi muxit" va" kirish" taxlil qilinishi, oxirgi bosqichda menejment sistemasiga "kirish" sifati darajasiga 4 ta kichik sistemalar bo’yicha "jarayon" sifatini ta’minlashi taklif qilinadi.
Kishining xatti-xarakatlari zamirida doimo uning uchun maqsad, mayl mujassam bo’ladi, unga ko’ra kishining u yoki bu munosabat holatidan ( Masalan: ishlab chiqarishdagi ijtimoiy-ruhiy muxit ) ta’sirlanishi yuz beradi. Bunda uning xarakteriga xos belgilarni aniq bilib olish mumkin. SHuning uchun ham mazkur jarayon, xususiyat va holatlar boshqarish nazariyasi asoslari fanining ilmiy taxlil predmetiga aylanishi zaruratdir. Bilimlarni bunday tizimlashuvi teranlik, ob’ektivlik va ishonch negizida jiddiy tashkiliy-boshqaruv ishlarini olib borishi uchun mustaxkam asos bo’la oladi.
SHu o’rinda «munosabat» kategoriyasini misol tariqasida o’rganish foydalidir. Munosabat - faoliyat rivojlanishining ko’p qirrali jarayoni bo’lib, odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan o’zoro bog’lanishlarning murakkab majmuasidir.
Boshqarishda bunday birgalikdagi jarayonni unumli tashkil etish, o’zoro hamjixatlik asosida munosabatlarni ko’ra olish va ularni muvofiqlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali malaka va qobiliyatni rivojlantirib borish ishni (xizmatni ) muvaffqiyatli tashkil etish uchun shart - sharoitlar (muxit) yaratib beradi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ishlab chiqarish menejmenti fani quyidagi tamoyillarga ko’ra:

  • mehnat taqsimoti;

  • mas’uliyat va javobgarlik;

  • tartib-intizomlilik (xar bir xodim uchun);

  • yakkaboshchilik;

  • harakatning bir butunligi;

  • shaxsiy va tashkilot manfaatlarining mosligi;

  • markazlashuv ( boshqaruv markazi orqali ma’suliyatga ko’ra, vakolatlar taqsimoti);

  • barcha ierarxiya darajasida o’zoro aloqalar zanjiri mavjudligi;

  • adolatlilik;

  • xodim tarkibining barqarorligi;

  • tashabbusni rag’batlantiruv;

  • korparativ ruhni shakllantirish kabilar orqali har qanday boshqarish (ko’lami, vazifasi, mulkiy shakli va shu kabilardan qat’iy nazar) jarayonini o’zagi sifatida, uning murakkab hamda o’zoro bog’liq funktsiyalari faoliyatini yo’lga qo’yishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb vazifalarni bajaradi. Ular turkumiga:

  • tashkilot maqsadlarini shakllantirish;

  • tashkiliy faoliyatni ko’rish;

  • strategik rejalashtirish;

  • qarorlarni qabul qilish;

  • motivatsiyani amalga oshirish;

  • nazoratni yo’lga qo’yish;

  • boshqarishni muvofiqlashtirish kabilar kiradi.



  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling