O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari


Download 1.96 Mb.
bet17/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

4.2. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillari
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:

  • ixtisoslashtirish;

  • mutanosiblik;

  • parallellik;

  • bir tekis, ketma-ket yo’nalish;

  • uzluksizlik;

  • me’yorlik;

  • avtomatlashganlik;

  • sinxronlik.

Bu tamoyillarning mohiyati quyidagilardan iborat. Ixtisoslashtirish tamoyili. Ixtisoslashtirish - bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli bo’lib, sanoat ishlab chiqarishida rejali ravishda rivojlanadi va sanoat tarmoqlari, korxona tsexlari, uchastkalar, liniyalar va ayrim ish joylarining ajralishini shart qilib qo’yadi.
Mutanosiblik tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonlarining mutanosibligi shuni bildiradiki, bunda hamma ishlab chiqarish bo’limlari (asosiy va yordamchi tsexlar, bu tsexlar ichidagi uchastka va liniyalar, uskunalar guruhi va ish joyi)ning ishlash qobiliyati (vaqt birliga ichida mehnat unumdorligining nisbati) bir-biriga o’zaro aniq mos keladi. Agar bu tamoyillarga amal qilinmasa, disproportsiyalar va «tor joylar» yuzaga keladi, bu esa, o’z navbatida, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarilishining ko’payishiga to’sqinlik qiladi. Sanoat korxonalarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida ham mutanosiblik tamoyili yotadi. Kompleks ravishda mexanizatsiya bo’lmasa, disproportsiya kelib chiqishi, sermehnat ishlab chiqarish jarayonlari ko’payishi mumkin.
Parallellik tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati ishlab chikarish jarayonining bir necha ayrim qismlarini bir paytda bajarishdan iborat, ya’ni mahsulot tayyorlash bo’yicha amalga oshiriladigan ish keng ko’lamda tashkil qilinadi.
Bir tekis, ketma-ket yo’nalish tamoyilini qo’llash ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilayotganda mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonlarining hamma bosqichlaridan va barcha operatsiyalaridan eng qiska yo’l bilan o’tishini aniqlashga yordam beradi (xomashyo va materiallarning kelib tushishidan tortib to tayyor mahsulot bo’lib chiqqungacha va bu mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib bergunga qadar). Bir tekis, ketma-ket yo’nalishga erishish uchun tsex maydonida apparat va uskunalarni oqilona joylashtirish lozim, bundan tashqari asosiy va yordamchi tsexlarni zavod hududida to’g’ri joylashtirish asosida xomashyo va materiallarning qarshi harakatiga va qaytishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Uzluksizlik tamoyili deganda, ishlab chiqarish jarayonida rejasiz to’xtash, tavaffus bo’lmasligi, ya’ni uzluksiz ishlash tushuniladi.
Bir me’yorlik tamoyili o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish bo’limlari, bir xil oraliqdagi ish vaqtida berilgan dasturga asosan bir xil hajmdagi ishning bajarilishi bilan tavsiflanadi.
Avtomatlashganlik tamoyili. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonlarining operatsiyalarini maksimal avtomatik ravishda, ya’ni ishchilarning bsvosita qatvashmasligi yoki ularning nazorati ostida bajarilishini talab etadi. Ishlab chiqarish jarayonining ayrim operatsiyalarini yuqori darajada avtoatlashtirish ishlab chiqarishni komplsks avtomatlashtirishning dastlabki asosiy sharti bo’lib, avtomatik patok liniyalarini yaratishga qadar amalga oshirilishi lozim. Bu tamoyil faqat texnologik jarayonlarda qo’llanilmay, balki ularni texnikaviy tayyorlash, nazorat qilish, tartibga solish, xizmat ko’rsatish kabi ishlarni bajarishda keng qo’llaniladi.
Sinxronlash tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonini sinronlash faqat Uzluksiz ishlab chiqarish hamda ko’proq avtomatik ishlab chiqarishning xarakterli xususiyatidir. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash deganda quyidagilar tushuniladi:
- operatsiyalarni bajrishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt) ning tsng bo’lishi;
- mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo transportirovka qilish uchun ketgan vaqt sarfining tsng bo’lishi;
- ish joyiga xizmat ko’rsatish va ishchilarning dam olishi bo’yicha operativ ishlardagi tavaffuslarning tsngligi;
- mehnat buyumlarining potokdagi harakatini tashkil etish paytida operatsiyalar tugashi bilan ularning transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga mos kelishi.
Ushbu to’rt shartdan xatgo bittasiga rioya qilinmasa ham ishlab chiqarish jarayoni ozmi-ko’pmi sinxronlashmaydi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling