O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish muddati va uning tarkibiy qismlari


Download 1.96 Mb.
bet19/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

5-mavzu: Ishlab chiqarish muddati va uning tarkibiy qismlari.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish muddati va uning tiarkibiy qismlari.

  2. Ishlab chiqarish muddatining iqtisodiy mazmuni.

  3. Ish usullarining ishlab chiqarish muddatiga ta’siri.

  4. Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish yo’llari.




  1. Ishlab chiqarish muddati va uning tiarkibiy qismlari.

Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum muddat talab etiladi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan vaqtni jarayon davomiyligi yoki ishlab chiqarish muddati deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarishga ta’sir etuvchi muhim omillar ichida ishlab chiqarish muddati va ishlab chiqarish tsikli tuzilmasi asosiy o’rinni egallaydi.


Bir birlik mahsulotni tayyorlashda ishlab chiqarish jarayonining boshlanishidan tortib tugagungacha bo’lgan vaqt ishlab chiqarish muddati deb ataladi. Ishlab chiqarish muddatining qisqarishi natijasida ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi ortishiga hamda yuqori mehnat unumdorligiga erishiladi. SHu sababli, ishlab chiqarish menejmentida ishlab chiqarish muddatiga va uni qisqartirish masalalariga asosiy e’tibor qaratiladi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish muddati soatlarda aniqlanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining samarali faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uiing asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish sanoatida - mineral xomashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash sanoatida - xomashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash va hokazolar. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish muddati ham texnologik va mehnat jarayonlarining yig’indisiga teng bo’ladi. Texnologik jarayon - bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k. )ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, betonning qurishi, material yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Mehnat jarayoni - bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol yaratishga qaratilgandir.
Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xomashyo va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart).
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal kiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi.
Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoiti bilan tavsiflanadi.


  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling