O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish yo’llari


Download 1.96 Mb.
bet22/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish yo’llari.

Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish muhim ahamiyatga ega bo’lib ishlab chiqarish menejmentida unga alohida e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirishda uning tuzilishi muhim o’rinni egallaydi. Ishlab chiqarish vaqti tuzilishi deb mahsulotni yoki xizmatni tayyorlash jarayonidagi barcha bosqichlar bo’yicha ish vaqti va tanaffuslarni taqsimlash tushuniladi. Ishlab chiqarish vaqti davomiyligi ish vaqti va tanaffuslar vaqtidan iborat bo’ladi. Ish vaqti asosiy ish vaqti va yordamchi ish vaqtlaridan iborat bo’ladi. Asosiy ish vaqti texnologik jarayonlardagi operatsiyalarni bajarish vaqti hamda tayyorlov-yakunlov vaqtlaridan iborat bo’ladi. Yordamchi vaqt davomiyligi esa nazorat ishlari, transport ishlari hamda tabiiy jarayonlardan tarkib topadi. Tanaffuslar vaqti operatsiyalar o’rtasida hamda smena o’rtasidagi tanaffuslardan iborat bo’ladi. Operatsiyalar orasidagi tanaffuslar mahsulotlarni tayyorlashda har bir mahsulotdan keyingi mahsulot olinganga qadar bo’lgan vaqtdagi tanaffuslar, komplektlashlar orasidagi tanaffuslar va kutish bilan bog’liq tanaffuslar vaqtlaridan iboratdir. Smenalar orasidagi tanaffuslar dam olish kunlari va bayram kunlari, smenalar orasidagi tanaffuslar vaqti va tushlikka tanaffus vaqtlaridan iboratdir.

Ишлаб чиқариш вақти тузилмаси





Иш вақти



Танаффуслар вақти





Асосий иш вақти

Ёрдамчи иш вақти

Операциялараро танаффуслар

Сменалараро танаффуслар






3-rasm. Ishlab chiqarish vaqti tuzilmasi.

Ishlab chiqarish korxonalaridagi ishlab chiqarish vaqti quyidagicha hisoblanadi:


Ti.ch. = Ti.ch. + Tn.i. + Ttr. + Tt.

bu yerda: Ti.ch. - texnologik operatsiyalar vaqti(tayyorlov-yakunlov vaqtini ham hisobga olgan xolda);


Ttex.nazorat ishlariga vaqt;
Tn.i. - transport ishlariga vaqt (tashish);
Tt. - tanaffuslar vaqti.
Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish yo’llari quyidagilardan iborat:

  1. Potok liniyalarini joriy etish.

  2. Ixtisoslashuvni chuqurlashtirish.

  3. Ish vaqtini qisqartirish.

  4. Tanaffuslar vaqtini qisqartirish.

  5. Kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

  6. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish.

  7. Mahsulotlarning tuziloishini takomillashtirish.

  8. Yangi jarayonlarni qo’llash.

  9. Dastgoxlar asosiy qismining tezligini oshirish.

  10. Dastgoxlarni ratsional joylashtirish.

  11. Foydalaniladigan qutilarni samaralisini qo’llash.

  12. Nazorat jarayonlarini qisqartirish.

  13. Sozlash ishlarining sifatini oshirish.

  14. Xodimlarni rag’batlantirish.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling