O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida energetika xo’jaligi ishini tashkil etish


Download 1.96 Mb.
bet42/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

12-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida energetika xo’jaligi ishini tashkil etish.


Zamonaviy sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va yordamchi xo’jaliklarni yoritishni madaniy-maishiy maqsadlarda turli energetika xo’jaligisiz tasavvur etish qiyin.
Sanoat korxonalarining energetika xo’jaligi energetik qurilmalarining quvvati, energetika shoxobchalarining o’tkazuvchanligi imkoniyatidan samarali foydalanib, ularni boshqaruvchi hamda sozlovchi xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar (elektr energiyasi, issiqlik, siqilgan havo va shunga o’xshashlap) tannarxini nacaytirish asosida korxonani kerakli turdagi energiya bilan uzluksiz tarzda, kerakli hajmda ta’minlash lozim. Texnika taraqqiyoti natijasida korxonalarning energetik resurslarga bo’lgan extiyoji o’sib bormoqda.
Sarflanish xususiyatlariga binoan, energiya texnologik, isitish va yoritish jaranlariga taalluqlidir. Texnologik maqsadda iste’mol etiladigan energiya sarfi uni ishlab chiqarish xajmi, dvigatelь bir soatda sarflashi miqdori, dastgoxlar turi, ularning rejalashtirish davridagi ishlash soati va jixozlar soniga binoan aniqlanadi:
Mg = M1 VDe
Bu yerda: Mg - dvigatelьlarga sarflanadigan energiya miqdori;
M - dvigatelьning bir soat ishlash davrida sarflaydigan energiya miqdori;
V - rejalashtirish davrida dvigatelning ishlash vaqti (soatlarda);
D - dastgohlarning soni.
Yoritish uchun sarflangan energiya - yoritkichlarning soni, ularning quvvati va yoritish davriga binoan aniqlanadi.
Energiyani korxonaning shoxobchalarida va (energiyani) boshqa turga aylantirish qurilmalaridagi yo’qolishini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Korxonaning energiya va issiqlikka bo’lgan ehtiyojini aniqlash energiya xo’jaligi faoliyatini rejalashtirishning muhim omilidir.
Sanoat korxonalarida energetik resurslarini tejashning asosiy yo’nalishlaridan biri ulardan qaytadan foydalanishdir. qaytadan foydalanilgan energiya texnoloik jarayon uchun yaratilgan, lekin ular boshqa jarayonlarda ham ishlatilishi mumkin.
Energiyaning asosiy qismi texnologik jarayonlarni takomillashtirsh evaziga tejaladi. Ularni intensivlashtirish-zamonaviy jihozlarning qo’llanilishi, mahsulot birligiga sarflanadigan energiya miqdorini kamaytirish imkoniyatlarini kengaytiradi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling