O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida asbob-uskuna xo’jaligi ishini tashkil etish


Download 1.96 Mb.
bet41/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

11-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida asbob-uskuna xo’jaligi ishini tashkil etish


Asbob-uskuna xo’jaligini tashkil etish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va ekspluatatsiya qilish sanoat korxonalarining faoliyatidagi eng muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Uning murakkabligi qo’llaniladigan dastgoxlarining turlari, ularning sifati va chidamliligiga bo’lgan talabning yuqoriligiga hamda asbob-uskuna xo’jaligining korxona faoliyatiga sezilarli ta’sirchanligidadir.
Asbob-yckuna xo’jaligi korxonaning zaruriyatiga binoan, ishlab chiqarishni o’z vaqtida asbob-uskuna va boshqa texnologik moslamalar bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarishni yuqori sifatli asbob-uskuna bilan uzluksiz ta’minlash quyidagi shartlarda bajarilishi lozim: asbob-uskunalarni jamlash va kerakli darajada saqlash; yuqori sifatli asbob-uskuna va texnologik mosllamalarni ishlab chiqarishni va tashqaridan olishni tashkil etish; tsex va ish joylarni ac6o6-yckunalar bilan uzluksiz ta’minlash; asbob-uskunalarning mahsulot birligiga sarfi va tannarxini kamaytirish; smirilgan asbob-uskunalarni charxlash, ta’mirlash va qayta tiklash; markaziy asbob-uskuna omboriga keltirilgan asbob-uskunalarni texnikaviy nazorat qilish va saqlash; qo’llanilayotgan asbob-uskunalardan foydalanishning texnikaviy nazoratini tashkil etish minimal va maksimal ko’rsatkichlarda belgilanadi.
Asbob-uskunalarni jamlash minimal miqdori quyidagicha belgilanadi:
M = EkD
Bu yerda: M - minimal jamlash miqdori (dona);
Ek- - asbob-uskunalarga bir kunlik extiyoj;
D - asbob-uskunalarni tayyorlash yoki ularni tashqaridan olish davri (kunlar soni).
Asbob-uskunalarni tayyorlash yoki tashqaridan olish uchun jamlashning «buyurtma nuqtasi» D3 belgilanadi. «Buyurtma nuqtasi» ishlab chiqarishni asbob-uskunalar bilan, qoniqarli tayyorlash yoki tashqaridan olish vaqtida ta’minlaydigan va zarur jamlashlar yig’indisidan iborat. ya’ni:
D3 = Ek DQM
Asbob-uskuna tarqatuv omborlaridagi joriy jamg’arma har qaysi tur va o’lchamdagi asbob-uskuna bo’yicha, ularga bo’lgan kundalik extiyoj va foydalanilgan asboblarni qayta almatirish davriga binoan aniqlaniladi.
Asbob-uskunalarning ish joylaridagi soni, dastgohlarning soni, asbobning qaerda qo’llanilishi dastgohlarning ish smenalari va har qaysi ishchiga asbob-uskunalar soniga binoan aniqlanadi.
Asbob-uskunaniig tsexdagi soni ish joylaridagi va ta’mirdagi asbob-uskunalardan iborat. Asbob-uskunalar xo’jaligida tashkiliy-texnikaviy tadbirlar vaqtida oshirilsa, maxsulot ishlab chiqarish me’yori, xarajatlari, mahsulotning tannarxi hamda korxonaning samaradorligi sszilarli darajada yaxshilanadi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish asbob-uskuna xo’jaligi tarkibidagi barcha bo’limlar hamda mutaxassislarning kundalik muhim vazifalari va burchlaridir.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling