O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet49/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

3. Mahsulot sifatini rivojlantirish.
Bozor iqtisodiyoti afzalliklari butun mamlakat miqyosida maxsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish imkonini beradi. Bu tizimning iqtisodiy dastaklaridan biri mahsulot sifat darajasini oshirishni rejalashtirish, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalarda sanoat mahsuloti sifatini oshirishni quyidagi umumiy uslubiy ko’rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi:
- fan-texnika yutuqlari va ixtirolaridan yanada to’liq foydalanish asosida yangi xil maxsulotlarni yaratish;
- yangi buyumlar ishlab chiqarishni o’zlashtrish, shu jumladan, chet el litssnziyalarini sotib olish, yaratilgan yuqori sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
- umumiy maxsulot xajmida mamlakat va chet el fan-texnikasining eng yuqori texnikaviy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan ustun keladigan mahsulot salmog’ini oshirish;
- ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini doimo yaxshilab borish, konstruktsiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish, ilg’or texnologik jarayonlardan foydalanish va samarali materiallarni qo’llash asosida yana yuqori navga ko’tarish.
SHu bilan bir qatorda ishlab chiqarilayotgan maxsulotning iste’mol qiymatini oshirish, eskirgan turlarini yangilash yoki ishlab chiqarishni chsklash, maxsulot sifatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy mablag’ va ishchi kuchlari rivojlantiriladi.
Xo’jalik yuritishning yangi sharoitida korxonalarning rejasi mehnatkashlarning ijtimoiy darajasini oshirishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarish davlat birlashmalari, sanoat tarmoqlari hamda xalq xo’jaligini rivojlantirishning rejalashtirish tizimi tobora takomillashtirilib bormoqda.
Maxsulot sifatini oshirish bo’yicha vazifalar korxona tomonidan mustaqil ravishda davlat standartlari va qonunlarlariga amal qilgan holda hamda iste’molchi extiyojlarini e’tiborga olgan holda aniqlanadi va rejaning «Maxsulot ishlab chiqarish va sotish» qismida ifodalanadi. Unda maxsulot sifatini oshirishga taalluqli qo’shimcha xarakatlar, ularning manbai, sifatli maxsulotni tayyorlash va iste’mol qilish natijasida erishiladigan iqtisodiy ko’rsatkichlar ham ifodalanadi.
Korxona bo’limlarining rejalarida maxsulotning sifatini oshirish bo’yicha topshiriq va tadbirlar, ularni bajarish muddati, tegishli xarajatlar, ularning manbai. samaradorligi va boshqa ko’rsatkichlar belgilanadi.
Attsstatsiya texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar bo’yicha eng oliy, dunyo darajasidagi talablarga, mamlakatning xalq xo’jaligi, aholisi va eksport talablariga javob beradigan oliy darajadagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlashga qaratilgandir. Mahsulotlar sifatining davlat tomonidan attsstatsiya qilishni mamlakatimizda iqgisodiy isloxotni amalga oshrishdagi muhim tadbirdir. Bu vazifani o’tkazish, o’z navbatida korxona, vazirliklar va tegishli idoralarda ma’lum tayyorgarlik ishlarini olib borishni talab etadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling