O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni belgilovchi omillar


Download 1.96 Mb.
bet51/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

17-mavzu: Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni belgilovchi omillar
Reja:

  1. Korxonani ishlab chiqarish quvvati va uni belgilovchi omillar.

  2. Ishlab chiqarish quvvatiga ta’sir etuvchi omillar.

  3. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash.

  4. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning samarasini oshirish yo’nalishlari.

  5. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rolь o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.


Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;

  • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;

  • uskunalarning ishlash vaqti fondi;

  • ishchilar soni;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).

Iqtisodiyotning rivojlanishi va samaradorligi ko’p jihatdan shu iqtisodiyotda mavjud bo’lgan va yangidan yaratilayotgan ishlab chiqarish quvvatlariga hamda ulardan foydalanish darajasiga bog’liqdir. Mavjud bo’lgan quvvatlar ma’lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishni va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlaydi. Mamlakat aholisi va jamiyatning ehtiyojlari uchun bu yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar yetishmaganda yoki rivojlanish sur’atlari zarur bo’lganda yangi quvvatlarni yaratish va mshga tushirish belgilanadi. Bu jarayon,albatta katta sarf-harajatlar bilan bog’liqdir. Yangi quvvatlarni yaratish va ishga tushirish bilan bir qatorda mamlakatda mavjud bo’lgan imkoniyatlardan, quvvatlardan samarali foydalanish katta ahamiyatga egadir. Korxonalar va tashkilotlar faoliyatida va ularning samaradorligini aniqlashda ishlab chiqarish quvvatlari muhim rolь o’ynaydi. Ishlab chiqarish quvvatlari har qanday korxonaning muhim xarakteristikasidir. Ishlab chiqarish quvvatlari ko’rsatkichi korxonalarning yakuniy bo’lgan imkoniyatini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish yo’nalishlarini ko’rib chiqishdan oldin, ularga berilgan ta’riflarni ko’rib chiqish lozim. Turli olimlar va mutaxassislar omonidan ishlab chiqarish quvvatlariga turlicha ta’rif berganlar. Ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tavsiflashlari bir-biridan farq qiladi. Bir gurux iqtisodchi olimlar ishlab chiqarish quvvatlarini ishlab chiqarish korxonasidagi asosiy bo’limdagi dstgoxlarning quvvatiga mos ravishda aniqlashni taklif qilmoqdalar. Ko’pchilik olimlarning fikricha asosiy ishlab chiqarish bo’limi korxonaning barcha bo’limlaridagi faoliyatni xarakterlaydi. Masalan, to’qimachilik korxonalaridagi to’quvchilik bo’limi. To’quvchilik bo’limi korxonadagi barcha bo’limlar faoliyatini aniqlaydigan bo’lim bo’lib, barcha bo’limlarning faoliyati shu bo’limga moslashtiriladi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini tushuncha berayotgan ikkinchi gurux olimlar va mutaxassislar ishlab chiqarish quvvatlarini korxonadagi yakuniy ishlab chiqarish tsexi faoliyati bo’yicha aniqlashni taklif qilmoqdalar. Ular korxonalardagi barcha faoliyat yakuniy bo’limga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liqligini, korxonadagi ishlab chiqarish faoliyati shu bo’limdan yakun topishini va mahsulotlarning haqiqiy xajmi shu bo’limga bog’liqligini isbotlamoqdalar. Yakuniy bo’lim natijasiga ko’ra ishlab chiqarish quvvatlari aniqlanishini yoqlab chiqmoqdalar.
Yana bir gurux olimlar va mutaxassislar ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini ularning iste’mol qiladigan xom ashyolarining miqdoriga bog’liq deb hisoblamoqdalar. Korxona yilda mahsulot ishlab chiqarish uchun qabul qiladigan va qayta ishlaydigan xom ashyolar miqdori uning ishlab chiqarish quvvatini ko’rsatadi deb tushuntiradilar.
Ishlab chiqarish quvvatlarini tavsiflash uchun ishlab chiqarish jarayonini tavsiflab olish lozim. Ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy element: mehnat qurollari, mehnat predmetlari va bevosita mehnatning o’zidan, ya’ni inson faoliyatidan tashkil topadi. Bu elementlar birgalikda ishlab chiqarishning resurs asosini tashkil qiladi va ko’p jihatdan muayyan bir xo’jalik sub’ektining - korxonaning, sanoat tashkilotining yoki butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini belgilab beradi. Mazkur elementlarsiz ishlab chiqarish jarayoni mutlaqo mavjud bo’la olmaydi.

2-chizma. Ishlab chiqarish jarayoni va unda qatnashuvchi elementlar.
Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilishi uchun ishlab chiqarishga resurslar zarur bo’ladi. Resurslar tushunchasi - bu pul mablag’lari, qimmatbaho buyumlar, joriy va kelgusidagi imkoniyatlar, daromadlar va ularning manbalaridir. Resurslar tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy resurslar, mehnat resurslari va hokazolar bo’lishi mumkin. Korxonalar, tarmoqlar va butun mamlakatning resurs imkoniyatlari qanchalik keng va katta bo’lsa, iqtisodiyot va uning rivojlanish istiqbollari ham shunchalik barqaror bo’ladi. Ishlab chiqarish quvvatlari korxona foydalanadigan resurslarga va ularning xajmiga bog’liq bo’ladi. Korxona va tashkilotlar berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavjud resurslar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot va butun tarmoqning umumiy qobiliyatidir. Sanoat ishlab chiqarishining salohiyati uning ishlab chiqarishining resurs imkoniyatlarini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish salohiyatining resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga o’zaro bog’liqligini ishlab chiqarish sharoitlari hamda u yoki bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojlarni (iste’molchilik talabini) hisobga olgan holda tasvirlash mumkin (3-chizma).



3-chizma. Korxona ishlab chiqarish salohiyatining sifat omillari.


Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini o’rganishda uning faqat miqdoriy baholash mumkin bo’lgan moddiy omillarini emas, balki uning sifat omillarini ham tahlil qilish lozim. Ishlab chiqarish salohiyatining sifat omillariga quyidagilar kiradi (3-chizma):


1. Mehnatni tashkil qilish shart-sharoitlari.
2. Ishlab chiqarishni tashkil qilish shart-sharoitlari.
3. Mehnatga qiziqtirish, mehnatni rag’batlantirish.
Korxona ishlab chiqarish salohiyatining sifat omillarini chuqur o’rganish asosida ishlab chiqarish salohiyatini rivojlanishi yo’nalishlarini to’g’ri belgilash mumkin bo’ladi.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash jarayonida ishlab chiqarish salohiyatining tarkibini aniqlash ham muhim bo’lib, unda ishlab chiqarish resurslarining ro’yxati va nisbati, ishlab chiqarish jarayonida mehnat va resurslarning uzviy uyg’unligi, yuz beradigan ishlab chiqarish sharoitlari aks ettirilishi lozim.

4-chizma. Ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir etuvchi omillar.
Ishlab chiqarish quvvatlari turli omillar ta’sirida hamda turli davrlarda o’zgarib turishi mumkin. Uning o’zgarishi ishlab chiqarish salohiyatiga bog’liqdir. Ishlab chiqarish salohiyatining o’zgarishi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarga bog’liqdir. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslar o’zaro bog’liq kategoriyalar sifatida rivojlanish va samaradorlikka ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki o’z navbatida ichki va tashqi omillarga, avvalo ilm-fan taraqqiyotiga, boshqaruv tizimiga va axborot-resurs bazasiga bog’liqdir (4-chizma). Ilm-fan taraqqiyoti va boshqaruv tizimi axborot resurslari yordamida yanada zamonaviy mehnat qurollari va predmetlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishga safarbar qilinadigan resurslarning sifatini oshirishga imkon tug’diradi. Agar, ishlab chiqarishning moddiy omillari ishlab chiqarish va texnik salohiyatning tanasi bo’lsa, ilm-fan taraqqiyoti, boshqaruv va axborot resurslari uning jonidir. Mazkur omillar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni 5-chizmada ko’rsatilgandek tasvirlash mumkin:
5-chizma. Ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi muvofiqlik
Ishlab chiqarish korxonalaridagi “ilm-fan taraqqiyoti va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish - ishlab chiqarish resurslari” aloqasi ulardagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining ishlab chiqarish resurslari sifatida namoyon bo’lishi jarayonini aks ettiradi (4-chizma), ya’ni ilm-fan taraqqiyoti natijasida va rivojlanishi orqali xom ashyo va materiallarning yangi turlari yaratiladi. Ilm-fan taraqqiyoti, axborot, boshqaruv va ishlab chiqarish sharoitlari o’rtasidagi aloqalar axborot va boshqaruvning o’ziga xos ishlab chiqarish omillari sifatida ishlab chiqarish sharoitlarining fan-texnika taraqqiyoti darajasini hisobga olgan holdagi ahvolini belgilaydi. Ishlab chiqarish resurslari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoniga mo’ljallangan bo’lib, o’z navbatida boshqaruv tizimiga, axborotga va fan-texnika taraqqiyotiga bog’liq bo’lib, korxonalar, tarmoqlar va butun xalq xo’jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. sanoat industriyasining korxona va tashkilotlari mana shu aloqalar va o’zaro bog’liqliklar sharoitida faoliyat ko’rsatadi.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim yo’llaridan biri - mavjud ishlab chiqarish qurollari tarkibini yaxshilash va ulardan foydalanishni yaxshilashdir. SHuning uchun ham mamlakatimizda ishlab chiqarish qurollaridan har taraflama unumli foydalanishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ishlab chiqarish qurollaridan samarali foydalanish oqibatida ishlab chiqarish quvvatlaridan to’laroq foydalanishga erishiladi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to’laroq va unumliroq foydalanilsa, ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi, jamiyatning va mamlakat aholisining ortib borayotgan ehtiyojlari to’laroq qondiriladi.
Ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish maydonlaridan to’liq foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish imkoniyatini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish quvvatini o’rganish va tahlil qilishda uning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Turli tarmoqlar va sohalarda ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda turli ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari natura birligida o’lchanadi. Masalan, paxta tozalash korxonalari, yog’-moy ishlab chiqarish sanoati korxonalarida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to’qimachilik sanoatida yigirilgan ip tonnada, gazlamalar metrda, mashinasozlik sanoati korxonalarida avtomobillar va mashina-mexanizmlar donalab o’lchanadi, poyafzal ishlab chiqarishda juft poyafzal, konserva ishlab chiqarish korxonalarida shartli bankalarda aniqlanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish quvvati ularning texnik-texnologik darajasi, unumdorligi va mehnat unumdorligi, faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar malakasi, foydalanilayotgan xomashyo va materiallarning sifati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentiga qarab o’zgara boradi.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun bir qator ma’lumotlar talab etiladi. CHunki, ishlab chiqarish quvvati shu ma’lumotlarga bog’liqdir. Ular quyidagilardir:
a) ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan dastgoxlar, uskunalar va mashinalarning soniga;
b) korxonadagi rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar soni va turlariga;
v) korxonalar va tsexlarning ishlab chiqarish maydonlariga;
s) korxonalarning ish tartibi, ya’ni smenalar soni, ish vaqti fondi;
g) dastgoxlar va mashinalarning unumdorligiga.
Ishlab chiqarishi korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlashda ulardagi dastgoxlar soni, bu dastgoxlarning unumdorliklari va ulani ishlash vaqtlari asos qilib olinadi va hisoblanadi:
ICHQ  Ds  Du  Div,
bu yerda,
Q – korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
Ds – bir turdagi dastgohlar soni;
Du – vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
Div – dastgohlarning ishlash vaqti.
Korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvatlari yil boshidagi va yil oxiridagi ishlab chiqarish quvvatlariga bo’linadi. Ularning yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati – kirish quvvati, yil oxiridagisi esa chiqish quvvati deyiladi. O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
ICHQur  Kk  (Kt  P)  12  (Kch  P)  12,
bu yerda,
Kk – kirish (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat;
Kt – yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
Kch – chiqish (yil oxiridagi) quvvat;
P – rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilmagan oylar soni;
P – rejalashtirilayotgan davrda, ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilgan oylar soni.
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag’ sarflamay qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik o’sishiga hamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. Mamlakatimizni yanada rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo’njallangan Taraqqiyot strategiyasida ishlab chiqarish quvvatlarini yangilarini yaratishga va mavjudlaridan samarali foydalanishga katta ahamiyat berilgan. Bu yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida katta hajmda ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilai. Natijada keyingi besh yil ichida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36,0 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
2022-2026 yillarga mo’njallangan Harakatlar strategiyasi qabul qilinganidan beri mamlakatimizda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo’shimcha 1,5 trillion so’mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-sonli “To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi PQ-3408-sonli “Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida amlakatimizning to’qimachilik, yengil va paxta tozalash korxonalarining resurs salohiyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari o’rtasidagi nomutanosiblikning ko’payishi, shuningdek, ularning ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalash bo’yicha choralarning o’z vaqtida ko’rilmaganligi ishlab chiqarish quvvatlarining ancha qismi bekor turishiga va iqtisodiy yo’qotishlarga olib kelayotganligi ko’rsatib o’tildi. SHu munosabat bilan iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish lozimligi uqtirib o’tildi.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish uchun korxonalardagi texnika va texnologiyalarni takomillashtirish, dastgoxlarning ish tezligini oshirish, mahsulotni yoki xizmatni tayyorlashga, yaratishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, bu korxonalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish va hamkorlik asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va shu singari ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz. Yuqoridagi qaror va farmonlarda ham ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bugungi kundagi asosiy yo’nalishlardan biri etib belgilandi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan samaralirov foydalanish uchun avvalambor ularga ta’sir tuvchi omillarni bilish lozim.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling