O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Maxsulot sifatini boshqarish va uning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi


Download 1.96 Mb.
bet47/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

16-mavzu: Maxsulot sifatini boshqarish va uning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi
Reja:

  1. Mahsulot sifati va uni oshirishning ahamiyati.

  2. Maxsulotlarning sifatini boshqarish

  3. Mahsulot sifatini rivojlantirish.

Korxonalarda mahsulotning sifatini nazorat qilish usullari.
1. Mahsulot sifati va uni oshirishning ahamiyati.
Mahsulot sifati shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
Sanoat mahsuloti sifatn korxona faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarshishni boshqarish holati ifodalanadi. Mahsulotning sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Mahsulotning sifati iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki uning qiymati sifatiga binoan belgilanadi.
Mahsulot sifatiga va uniig texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagp ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi:
-iste’mol qilish xususiyatlari bo’yicha talabni qondiruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, stanokning yoki jihozlarnipg ishlash
muddati unumdorligi, aniq; ishlashi, ekskovator cho’michining hajmi,
foydali harakat koeffitsisnti (FHK) va boshqalar.
-buyumlarni konstruktiv xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkpchlar. Bular buyumlarning unifikatsiyalashganligi, gsomstrik o’lchami;
-buyumlarning pishiqligi, xizmat qilish muddati, ta’mirlash qulayligi. Ular mehnat vositalarining sifat darajasini ifodalaydi. Mashina va o’lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Masalan, buyumniig ishlash muddati, ta’mirlashlararo davrdagi ishlash muddati, unifikatsiyalashtirish darajasi va boshqalar. Buyumlarning mustahkamligi mo’ljallangan muddatda o’z xizmat ko’rsatkichlarini o’zgartirmay, zimmasiga yuklangain vazifalarni bajarish xususiyatidir.
-eststik va ergonomik ko’rsatkichlar. Eststik ko’rsatkichlar buyumlarni badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini (shakli, tashqi ko’rinishi, rangi) ifodalaydi. Ergonomik ko’rsatkichlar buyumlarning tuzilishini, psixofizologik va xizmat
qiluvchi xodimlarning mehnat gigisnasi talablariga mosligini, ulardan foydalanish qulayliklarini ifodalaydi.
-iqtisodiy ko’rsatkichlar. Masalan, mahsulot tannarxida mehnat, materiallar, elsktroenergiya salmog’i, samaradorlik birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarning umumiy miqdori. Bu turdagi ko’rsatkichlarga: nuqsonlarning salmog’i, sifati qoniqarsiz bo’lgan maxsulotlar bo’yicha to’lanadigan jarimalar, buyumlarni kafolatli taьmirlab berish xarajatlari va birinchi ko’rishdayoq sifatli deb topilgn maxsulot salmog’i kabi ko’rsatkichlari kiritiladi.
- bo’yumlarning sifat navlari. Bu ko’rsatkichlar iste’mol buyumlariga, ayrim xil mehnat buyumlariga nisbatan qo’llaniladi. Bunda mahsulot sifatini his qilish a’zolari yordamida - orgonalsptik usul bilan aniqlash rasmiylashgan. Bu usul - maxsulot sifatini aniqlashning boshqa usullari bo’lmaganda va asosan oziq-ovqat sanoati korxonalarida qo’llaniladi.
Mahsulot sifatini tartibli ravishda yaxshilash bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq faravonligini rivojlantirishning acociy omillaridan biridir. Mahsulot miqdori va sifati o’zaro bog’liqdir. Yuqori sifatli maxsulot sifatsiz tayyorlangan maxsulotga nisbatan jamiyat extiyojlarini to’laroq qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash, ipglab chiqarish hajmini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir.
Maxsulot sifatini oshirish har bir korxona va undagi bo’limning muhim vazifasidir. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar dunyo standartlari talablarini qondira oladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling