O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga ta’sir


Download 1.96 Mb.
bet52/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga ta’sir
etuvchi omillar.

Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish uchun korxonadagi barcha imkoniyatlar harakatga keltirilishi lozim. Foydalanilishi lozim bo’lgan imkoniyatlarni o’rganish va ulardan eng muhimlarini tezroq safarbar etish katta samara olinishiga sabab bo’ladi. Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tahlil qilish asosida ularni ta’sir etish darajasiga mos ravishda ranjirovka qildik. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga ta’sir etuvchi birinchi muhim omil bo’lib korxonadagi asosiy fondlar hisoblanadi. Sanoat korxonasida foydalaniladigan fondlar va resurslar ichida asosiy fondlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.


Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun iqtisodiyot miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o’zining natural-moddiy holatini yo’qotmaydi hamda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o’tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish potentsialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi (6-chizma):

  • ishlab chiqarish binolari va inshootlari;

  • uzatish qurilmalari;

  • quvvat mashinalari va uskunalari;

  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;

  • o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda belgilab qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. +ayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. SHu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda:
M -tsex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - tsex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o’rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Bu yerda:
Mo’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
Mn – korxonaning yil boshidagi quvvati;
Mv – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat;
n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling