O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 1.96 Mb.
bet57/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa
INSTITUTI


«MENEJMENT» KAFEDRASI


«Ishlab chiqarish menejmenti» fanidan


AMALIY MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH BO’YICHA


USLUBIY KO’RSATMALAR

NAMANGAN 2023
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5230200- Menejment (tarmoqlar va sohalar
bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Tayyorladilar: i.f.n.,prof.v.b. O.S.Kazakov
i.f.n.,dots A.M.Soxadaliyev
Taqrizchi: i.f.n., dots. B.Dedajanov


Ushbu uslubiy ko’rsatma «Menejment» kafedrasining 2023 yil avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Uslubiy qo’rsatma Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan (Bayonnoma № « » avgust 2023 yil) nashrga tavsiya qilingan.
Kirish

2022 yili Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o’laroq, O’zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog’liq bo’lgan eng muhim hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan, kelgusi 5 yilga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning ilk yili – 2022 yilda amalga oshirilishi belgilab olingan vazifalarga ajratilayotgan mablag’lar miqdorining ham bir necha barobar ortganligini ko’rish mumkin. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. so’m va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko’zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trln. 492,7 mlrd. so’m va 2 mlrd. 600,4 mln. AQSH dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trln. 171,4 mlrd. so’m va 10 mlrd. 301,5 mln. AQSH dollari ajratilgan edi.


Taraqqiyot strategiyasining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish (12 ta maqsad);
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish (8 ta maqsad);
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash (16 ta maqsad);
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (34 ta maqsad);
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish (8 ta maqsad);
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (10 ta maqsad);
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish (12 ta maqsad).
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida turli soha mutaxassislarining o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor. Ayniqsa, iqtisodiy faoliyatni tashkil etuvchilar va boshqaruvchilarga talab juda yuqori bo’lib, ularning faoliyati tashkilotlarning bozor munosabatlari sharoitidagi xolatini aks ettiradi. Zamonaviy mutaxassislar menejment ilmini yuqori darajada o’zlashtirishlari talab etiladi.
Menejment boshqaruvda band bo’lgan odamlar va ular faoliyati bilan chambarchas aloqadadir. Bu sohadagi mehnat boshqaruv mehnati deb ataladi. Boshqaruv mehnati bilan shug’ullanayotganlar ijodiy xarakterdagi aqliy mehnat bilan band bo’ladilar. Boshqaruvda mehnat buyumi - ma’lumotlar, xabarlardir. Bu ma’lumotlarni qayta ishlab, boshqaruvchilar boshqaruv ob’ektini o’zgartirish to’g’risida qarorlarni qabul qiladilar. Bunday qarorlarni qabul qilishda, ular boshqaruvda mehnat qurollaridan foydalaniladilar, ushbu qurollar vositasida ular mehnat buyumlari bo’lgan informatsiyaga ta’sir ko’rsatadilar. Boshqaruvda mehnat turlariga yozish, chizish, hisoblash vositalari, komp’yuterlar, telefon, teleks, faks, internet tarmog’i, radio, televideniya, uyali aloqa vositalari va hokazolar kiradi. Boshqaruvchilarning mehnati va faoliyati natijasi ularning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishish orqali baholanadi. Boshqaruvchilar, menejerlar bunday nozik ishlarni bajarganliklari sababli ularning malakaviy darajasiga katta talablar qo’yiladi. Hozirgi zamon menejerlari ana shu talablarga javob beradigan bo’lishlari lozim.
Bozor sharoitida boshqarish - menejment quyidagilarni anglatadi:

  1. Tashkilot faoliyatini bozor talabi va extiyojlariga yo’naltirilganligiga, aniq istemolchilar xohishlarini inobatga olish va talab yuqori bo’lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, kam xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishga muntazam harakat qilish.
3. Korxona, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga qaror qabul qilish, erkinligini beruvchi xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lish.
4. Bozordagi xolatga mos ravishda maqsadlar va dasturlarni muntazam ravishda moslashtirib borish.
5. Asoslangan va aniq qarorlar qabul qilishda komp’yuter texnikasidan foydalangan xolda zamonaviy axborot asoslaridan hamda manbalaridan foydalanish.
Ishlab chiqarish menejmenti fanidan amaliy mashg’ulotlar seminar mashg’ulotlaridan, topshiriqlarni bajarishdan, masalalarni yechishdan hamda loyihalarni bajarishdan iborat bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Ishlab chiqarish menejmenti fanining predmeti va metodi.
2.Ishlab chiqarish korxonalari va ularning vazifalari.
3.Ishlab chiqarish menejmenti fanining tarkibi.
4.Ishlab chiqarish jarayonlari va ularni tashkil etish.
5.Ishlab chiqarish muddati va uning tarkibiy qismlari.
6.Ishlab chiqarish boshqarish ob’ekti sifatida.
7.Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi va unga ta’sir etuvchi omillar.
8.Ishlab chiqarish menejmentida asosiy ishlab chiqarishning o’rni.
9.Ishlab chiqarish menejmentida texnikaviy tayyorgarlikni tashkil etish.
10.Ishlab chiqarish korxonalarida Ta’mir xo’jaligi ishini tashkil etish.
11.Ishlab chiqarish korxolarida asbob-uskuna xo’jaligi ishini tashkil etish.
12.Ishlab chiqarish korxolarida energetika xo’jaligi ishini tashkil etish.
13.Ishlab chiqarish korxolarida ombor xo’jaligi ishini tashkil etish.
14.Ishlab chiqarish korxonalarida transport xo’jaligi ishini tashkil etish.
15.Ishlab chiqarish korxonalarida moddiy-texnika ta’minotini samarali tashkil etish.
16.Maxsulot sifatini boshqarish va uning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi.
17.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni belgilovchi omillar.
18.Ishlab chiqarish menejmentida maxsulot tannarxi.
19.Ishlab chiqarish menejmentida foyda va rentabellik.
Amaliy mashg’ulotlar, mulьtimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruxga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi shart. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling