O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet65/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

«Tasdiqlayman»
Kafedra mudiri
______________________ «_____»___________2023 yil
"Ishlab chiqarish menejmenti" fanidan ishchi dastur bajarilishining kalendar tematik rejasi



Bajariladigan ishlar

Mashg’u-lot turi

Ajra-tilgan vaqt

Talaba mustaqil ishi mavzusi va mazmuni

Hisobot shakli

Bajarilishi haqida ma’lumot

O’qituv-
chi imzosi

Soat

Oy va kun




1

Adabiyotlar tanlovi




2




Bibliogra-fiya

2







2

Reja tuzish




2




Reja

2







3

Reja bo’yicha nazariy savollarni yoritish




10




Referatning bir qismi

10







4

Reja bo’yicha amaliy ma’lumotlarni tahlil qilish




6




Referatning bir qismi

6







5

Takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash




4




Yo’nalishlar

4







6

Ma’ruza bo’yicha konspektlarni tayyorlash




6




Konspekt

6







7

Amaliy mashg’ulotlar uchun seminar savollariga javob yozib kelish




8




Seminar
savollariga javoblar

8










1-oraliq nazorat




40







40










8

Mavzuni mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yoritishi




6




Referatning bir qismi

6







9

JMI inqirozi ta’sirini pasaytirishda menejmentning roli




4




Referatning bir qismi

4







10

Mavzuni investitsiyalardan foydalanish bilan bog’lanishi




4




Referatning bir qismi

4







11

Xulosa va takliflarni tayyorlashi




6




Xulosalar

6







12

Rasmiylashtirish




2




Referat

2







13

Ximoya qilish




4







4







14

Ma’ruza bo’yicha konspektlarni tayyorlash




6




Konspekt

6







15

Amaliy mashg’ulotlar uchun seminar savollariga javob yozib kelish




8




Seminar
savollariga javoblar

8










2-oraliq nazorat




40







40










Jami:




80







80









Mustaqil ishni bajarish tartibi:
Mavzu tanlangan, shu mavzu doirasidagi masalalarni to’la yoritishga olib boruvchi reja tuziladi.
Masalan, “Ishlab chiqarish korxonalarining biznes rejasi” mavzusini yoritishda quyidagicha reja tuzilishi mumkin:
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1 Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini rejalashtirishning asosiy vazifalari
2 Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi
3 Korxonaning biznes rejasi va uning bo’limlari.
4 Raqobat va uning darajasini belgilash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Reja tuzilgach, tanlangan adabiyotlardan, ma’ruza matnidan foydalangan holda hamda o’qituvchi maslahatini olgan holda talaba mustaqil ishni bajarishga kirishadi. Rejaning har bir bo’limini mustaqil ravishda yoritadi va ushbu mavzu bo’yicha maqola yoki konferentsiyaga materiallar tayyorlashi mumkin.




1 Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini rejalashtirishning asosiy vazifalari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:

  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.


2 Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi
Xo’jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Biznes reja quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:

  1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.

  2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-harakatlar dasturini aniqlash.

  3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini ko’rib chiqish.

  4. Ichki va tashqi risklarni baholash.

  5. Bozor muhitidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.


3. Korxonaning biznes rejasi va uning bo’limlari.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»; «Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:

  1. biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;

  2. biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (boblarga) bo’linishi lozim;

  3. biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;

  4. biznes-rejaning ob’ektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;

  5. biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi.

Biznes-reja bo’limlari:
1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo’nalishining kontseptsiyasini tuzishda uning raqobatbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar; o’ziga jalb qilishning asoslanganligi(taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlardan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo)ga katta e’tibor qaratish lozim.
Bozor tadqiqoti va tahlili” bo’limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko’rib chiqiladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling