O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 1.96 Mb.
bet63/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa
INSTITUTI


«MENEJMENT» KAFEDRASI


«Ishlab chiqarish menejmenti» fanidan


TALABALAR MUSTAQIL ISHINI
TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH BO’YICHA


USLUBIY KO’RSATMALAR
NAMANGAN 2023
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5230200- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi talabalari uchun mo’njallangan

Tuzuvchilar: prof.v.b. O.S.Kazakov
dots,i.f.n. A.M.Soxadaliyev
Taqrizchi: dots. B.Dedajanov

Ushbu uslubiy qo’llanma «Menejment» kafedrasining 2023 yil avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Uslubiy qo’rsatma Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan (Bayonnoma № « » avgust 2023 yil) nashrga tavsiya qilingan.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMALAR

2022 yili O’zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog’liq bo’lgan eng muhim hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan, kelgusi 5 yilga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning ilk yili – 2022 yilda amalga oshirilishi belgilab olingan vazifalarga ajratilayotgan mablag’lar miqdorining ham bir necha barobar ortganligini ko’rish mumkin. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. so’m va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko’zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trln. 492,7 mlrd. so’m va 2 mlrd. 600,4 mln. AQSH dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trln. 171,4 mlrd. so’m va 10 mlrd. 301,5 mln. AQSH dollari ajratilgan edi.


Taraqqiyot strategiyasining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish (12 ta maqsad);
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish (8 ta maqsad);
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash (16 ta maqsad);
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (34 ta maqsad);
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish (8 ta maqsad);
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (10 ta maqsad);
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish (12 ta maqsad).
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan vaqtdan boshlab raqrbatbardoshli kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo’nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur uzgarishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib berish muxim masala hisoblanadi. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanini o’rganayotgan har bir talaba kurs bo’yicha mavjud mavzularni mustaqil ravishda o’rganishi, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’tiladigan barcha savollarni mustahkamlash maqsadida o’zi mustaqil ish bajarishi va uni topshirishi lozim. Talabalar tomonidan tayyorlanayotgan mustaqil ish mavzusini yoritishda menejment fanining barcha mavzular bo’yicha materiallardan foydalanish mumkin.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanidan mustaqil ishlarning maqsadi - ushbu fan bo’yicha taxsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o’rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir.
Mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganishning zarurati;
- menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish;
- menejer kadrlarni o’kitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish;
- menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganish;
- turli inqirozlarni oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishda menejment qonun-qoidalari, usullari va tamoyillaridan foydalanish.
Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari «Ishlab chiqarish menejmenti» fanidan ushbu uslubiy ko’rsatmada keltirilgan mavzulardan birini tanlashi va shu mavzu asosida mustaqil ish tayyorlashi lozim. Mustaqil ish mavzusini o’qituvchi o’zi belgilashi ham mumkin. Mustaqil ishni bajarishda turli shakllardan foydalanilishi mumkin. Talaba tomonidan referat tayyorlanishi, taqdimotlar tayyorlanishi, ko’rgazmali vositalar yuzaga keltirishi mumkin. Mustaqil ishni tayyorlashda talaba quyidagi ishlarni bajarishi kerak. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Tayyorlangan mustaqil ish kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Har bir talaba mustaqil ishni bajarish davomida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  1. Adabiyotlar tanlovi

  2. Reja tuzish

  3. Reja bo’yicha nazariy savollarni yoritish

  4. Reja bo’yicha amaliy ma’lumotlarni tahlil qilish

  5. Takomillashtirish yo’llarini aniqlash

  6. O’z fikrini bayon etishi

  7. Mavzuni mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yoritishi

  8. Mavzuni yoritishda investitsiyalardan foydalanish ahamiyatini hisobga olish.

  9. Xulosa va takliflarni tayyorlashi

  10. Rasmiylashtirish

  11. O’qib chiqib mazmunini chuqur o’zlashtirishi

  12. Tayyorlagan referatini ximoya qilishi




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling