O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet71/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Me’yorlashtirish funktsiyasi – boshqarish va ishlab chiqarish jarayonida turli elementlarning sifatiy va miqdoriy baholanishini ilmiy asoslangan hisobli kattaliklarni ishlab chiqish jarayoni.
Mashina va ish joylarida mehnat predmetlariga yoki ularning partiyasiga ishlov berish davomiyligi – bu mashinada bir mehnat jarayoni bajariladigan yoki mehnat predmetlari va ularning partiyasiga ishlov berish tugallaniladigan davr, qo’l va mashina operatsiyalar vaqtini o’z ichiga oladigan davr.
Mehnat predmetlarining parallel ketma-ket harakat turi – mehnat predmetlari bir operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga donalab yoki aralash operatsiyalarga ketadigan vaqtga bog’liq holda partiyalab uzatiladigan harakat turi.
Mehnat predmetlarining parallel harakat turi – mehnat predmetlari oldingi operatsiyadan keyingi operatsiyaga donalab o’tkaziladigan harakat turi.
Mehnat predmetlarining ketma-ket harakat turi –har bir operatsiyada mehnat predmetlarining partiyasiga partiyalab ishlov berilgandan so’ng ular ikkinchi operatsiyaga o’tkaziladigan harkat turi.
Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan himoya qilinadigan, sertifikatlashtirish tizimida qabul qilingan qonun qoidalarga muvofiq qo’llanadigan va mazkur mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmat ma’lum standart yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiqligini ko’rsatadigan belgi.
Muvofiqlik sertifikati – bu sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan va mazkur mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmat ma’lum standart yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.
Muvofiqlik to’g’risida bayonot – bu yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi)ning sertifikatlashtirish tizimidan tashqari o’z zimmasiga to’la javobgarlikni olib, mahsulot, texnologik jarayon, yoki xizmat ma’lum standart yoxud boshqa me’yoriy texnikaviy hujjatga mosligi haqida bayonot.
Mahsulot sifati – shartlangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini beradigan mahsulot yoki xizmatlarning xususiyat va tavsiflari majmui.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling