O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 1.96 Mb.
bet74/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

2022 yili Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o’laroq, O’zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog’liq bo’lgan eng muhim hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan, kelgusi 5 yilga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning ilk yili – 2022 yilda amalga oshirilishi belgilab olingan vazifalarga ajratilayotgan mablag’lar miqdorining ham bir necha barobar ortganligini ko’rish mumkin. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. so’m va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko’zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trln. 492,7 mlrd. so’m va 2 mlrd. 600,4 mln. AQSH dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trln. 171,4 mlrd. so’m va 10 mlrd. 301,5 mln. AQSH dollari ajratilgan edi.


Taraqqiyot strategiyasining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish (12 ta maqsad);
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish (8 ta maqsad);
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash (16 ta maqsad);
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (34 ta maqsad);
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish (8 ta maqsad);
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (10 ta maqsad);
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish (12 ta maqsad).
Mustaqil Respublikamizda iqtisodiy isloxotlarni yanada chuqurlashtirish hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi malakali bozor andozalariga mos boshqaruvchi mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fani ishlab chiqarish korxonalarining mulkiy va iqtisodiy faoliyatini hisobga olishda o’zining usul, uslubiyatiga egadir.
O’quv rejasiga muvofiq menejment yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar «Ishlab chiqarish menejmenti» fanini o’rganadi. Fanning asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy boshqaruvni fikrlashni, mamlakat milliy iqtisodiy, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida korxona majmuining egallagan o’rnini tavsiflash, xalq xo’jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat korxonasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zarurati to’g’risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling