O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Mahsulot sifatini nazorat qilish sistemasi


Download 1.96 Mb.
bet72/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Mahsulot sifatini nazorat qilish sistemasi – korxona hamma boqichlarida mahsulot sifati darajasini aniqlovchi tashqi muhit komponentlarini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi vositalar hamda uslublar majmuasidir.
Nazorat funktsiyasi - jamoaga ta’sir ko’rsatuvchi formasida yuzaga kelib boshqarish qarorlarini tayyorlash maqsadida tsex ishlab chiqarish faoliyatining natijalari tahlilini jamlab, boshqarish xizmati va bo’linmalar rahbarlariga ularni yetkazishni ta’minlaydi.
Potok ritmi – rejali davrdagi ish vaqti fondining tovar ishlab chiqarish dasturlariga (N) bo’lgan nisbati yoki potokning bosh chiziqlari unumdorligiga bo’lgan nisbati.
Potok chizig’i – operatsiyalarning ketma-ket bajarilishi tartibida zanjirsimon joylashgan bir qancha o’zaro bog’lik ish joylari va mashinalardir.
Rejali ogohlantirish remont sistemasi (ROR) - remont ishlarini tashkil qilishning progressiv formasi bo’lib o’z ichiga jihozlarni ishiga layoqatli holatda saqlashga yo’nalgan tashkiliy texnik tadbirlarni oladi.
Remont davri - ikki kapital remonti orasidagi remont turlari va remont xizmatlarining ketma – ketligi, mashinaning ikki kapital remonti oralig’idagi ish vaqti davriga yoki mashinani ekspluatatsiyaga kiritish va birinchi kapital remontigacha davri.
Rejalashtirish funktsiyasi – tashkilot uchun maqsadlarni tanlash, ularga erishish uchun nimalar qilish zarurligi haqida boshqarish qaror va yechimlarini qabul qilish jarayonidir.
Sertifikatlashtirish – mahsulotning ma’lum talablar, aniq standartlar yoki texnikaviy shartlarga mosligining hujjatli tasdig’i.
Standartlar – turli idoraviy tasarrufdagi korxonalar chiqaradigan mahsulot sifati darajasini belgilovchi me’yoriy texnikaviy asosdir.
Tashkil qilish funktsiyasi – boshqarish sistemasiga munosib bo’lib, uning xossalari, strukturasi tarkibi o’zaro aloqalari va ko’rsatilgan elementlarning o’zaro harakat jarayonlaridir.
Texnik blok - asosiy ishlab chiqarish fondlari va boshqa jihozlar holatini texnik nazorat qiladi, turli remontlarni o’tkazadi, extiyoj qismlarini tayyorlashni loyihalaydi;
Tashkiliy blok - remont xo’jaligi moddiy-texnik ta’minotini tashkil qiladi, remont xo’jaligiga qabul qilinuvchi va chiquvchi jihozlar ehtiyoj qismlari sifatini nazorat qilishni tashkil qiladi, ishlab chiqarishni tashkil qilish progreesiv formalarini tadbiq qiladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling