O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet68/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Bosh yoki asosiy mashina – unumdorligi butun potok chizig’i ishlab chiqarishini belgilab beradigan va eng ko’p maydonni egallaydigan, eng ko’p qiymatga ega bo’lgan, hamda jarayonning eng og’ir asosiy operatsiyasini bajaradigan mashina.
Yordamchi jarayonlar - asosiy jarayonlarni amalga oshirishda kerakli shart sharoitlar yaratadi.
Ishlab chiqarish bosqichi - mehnat predmetining bir sifatiy holatdan ikkinchi sifatiy holatga o’tishida katnashadigan bir yoki bir nechta operatsiyalarning birlashmasi .
Ish davri - asosiy texnologik operatsiyalar tabiiy jarayonlar ko’chuvchi, xizmat ko’rsatuvchi va nazorat operatsiyalari davomiyligi.
Ishlab chiqarish davri - xom-ashyoning ishlab chiqarishga uzatilishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning kalendarь vaqtida ifodalangan jarayonlar to’plami.
Ishlab chiqarish jarayoni - xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanguncha bo’lgan barcha jarayonlar tuplami.
Ishlab chiqarishda jarayonlarning parallelligi - mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha alohida operatsiyalarning bir vaqtda bajarilishi .
Ishlab chiqarish jarayonlarining ritmliligi - har bir ish joyida, bir xil vaqt oralig’ida, bir xil hajmda ish bajarish .
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi mehnat predmetla­rining harakatida jihozlar va ishchilarning ishida tanaffuslar bo’lmasligini taqozo qiladi.
Ishlab chiqarishni loyihali konstruktorlik tayyorlash korxonani rekonstruktsiya qilish va qayta jihozlash, mahsulot yangi turlarini yaratish loyihalarini o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish operatsiyasi bir yoki bir nechta ishchilar tomonidan bir ish joyida bir xil mehnat predmetlari ustida va bir xil mehnat qurollari bilan bajarilgan ishlab chiqarish jarayonining qismi
Ishlab chiqarishni potok asosida tashkil qilish metodi-texnologik jarayon buyicha joylashgan ish joylarida asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilib, vaqt va fazo bo’yicha ritm asosida ishlab chiqarish takrorlanishiga asoslangan metod.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling