O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va ularning vazifalari


Download 1.96 Mb.
bet5/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

2-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va ularning vazifalari.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning roli, o’rni, ahamiyati.

  2. Ishlab chiqarish korxonasi va ularning asosiy vazifalari.

  3. Korxona turlari va ularning xarakteriskasi.

  4. Korxonalarning ishlab chikarish, texnik, tashkiliy va iqtisodiy birligi.

  5. O’zbekiston Respublikasi korxonalar to’g’risidagi qonun.




  1. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning roli, o’rni, ahamiyati

Davlat ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq Ittifoq iqtisodiyoti yagona xalq xo’jaligi majmuasi sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh respublikalarning butunittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va "Markaz" tomonidan belgilab berilgan yo’nalishlar asosida o’z milliy iqtisodiyotini ham rivojlantirishi aks ettirilgan.
Birlik, birdamlik, yaxlitlik aslida hayotning ijobiy kategoriyalari hisoblanadi. Biroq davlat boshqaruv holatidan va birinchi o’rinda respublikalarning imkoniyatlari va manfaatlari nyqtai nazaridan qaraganda bunday "birlik respublikalarga ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning muxim masalarini mustaqil hal qilish imkonini bermasdi. Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investitsiyalar asosan umumittifoq "qozoni"dan olinardi va qo’shimcha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o’zida ham respublika, ham butunittifoq vazirliklariga va mahkamalariga bo’ysunar edi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kuida mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiy salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlantirib bormoqda. Bu model O’zbeknston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilishning bsshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni ximoya qiluvchi zaruriy qonun xujjatlari bilan belgilab berilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rolь ajratilib, ular iqtisodiyotning asosi ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholira xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarningg talablarini ham qondiradilar.
O’zbskiistoni Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korxonalar to’g’risida" gi qonuniga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Zamonaviy korxona - mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklapi rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o’zigagina tegishli bo’lmaydi. SHu sababli korxonada mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neftь va gaz sanoati, qurilish majmuaviy, oziq-ovqat, matbaa, yengil-sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, o’rta va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgoxi, yuqori turuvchi idorasi va bu idoraning nomi, nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar po’yxati, xisobot tartibi va xokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
-bozor va uning rivojlanish istiqbollarini majmuaviy ravishda o’rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talablarini aniqlash;
-mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
-xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
-mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
-korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqapish, sotish, reklama, texnik xizmat ko’rsatish va hokozolarni boshqarish.




    1. Download 1.96 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling