O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining ob’ekti


Download 1.96 Mb.
bet3/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

1.2. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining ob’ekti

Barcha fanlarnnng o’rganish ob’ekti bo’lgani kabi «Ishlab chiqarish menejmenti» fani ham o’z o’rganish ob’ektiga ega. Binobarin, shunday ob’ekt mavjudligi u yoki bu fan dunyoga kelishi, shakllanishi va rivoj topishining muhim shartidir.


Ob’ekt - falsafiy ma’noda, bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, vokelik, moddiy dunyo, ikkinchi bir ma’noda korxona, muassasa, tashkilot, qurilish yoki kishi faoliyati, harakati, dikqati qaratilgan narsadir. Masalan, qurilish ob’ekti, mudofaa ob’ekti, tekshirish ob’ekti, ilm-fan yoki kurs ob’ekti.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining ob’ekti deganda faoliyatimiz, fikrimiz, dikqatimiz va boshqa barcha harakatlarimiz korxonaga va uning ishlab chiqarishiga qaratilishi kerakliligi tushuniladi. Demak, ushbu fanning barcha nazariyasi va amaliyoti korxonadagi ishlab chiqarish bilan bog’liqdir. Bu fan korxona (firma) ishlab chiqarishini ob’ekt sifatida o’rganar ekan, avvalo «Ishlab chiqarish o’zi nima? uning moxiyati, ahamiyati, mazmuni va boshqa jihatlari nimalardan iborat?», - degan savollarga javob berishi kerak.
Ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish ychun jamiyatning umumiy ob’ektiv iktisodiy qonunlarini chuqur bilish, xo’jalikka raxbarlik qilishning ilmiy asoslarini puxta egallash kerak.
Ilm-fan uslubiyati deyilganda, uni bilish va o’rganish faoliyatining shakl va usullari majmuasi tushuniladi. SHy fan bo’yicha masalani o’rtaga tashlash, tadqiqot mavzui va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natija xaqiqiyligi, ya’ni o’rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jixatidan tekshirish uslubiyatni qo’llashning eng muxim tomoni hisoblanadi. Demak, uslubiyat - bu, tadqiqot yoki bilish, anglash yo’li, voqelikni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullari majmuasidir.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining nazariy, uslubiy asosini korxonaning vujudga kelishi va uning faoliyatini tashkil etish bo’yicha Vatanimiz va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlari, O’zbskiston davlatining qonun-qoidalari, Respublika Prezidentining asarlari tashkil etadi.
Mamlakat iqtisodiyotining acociy bo’g’ini hisoblangan korxonada po’y berayotgan barcha xodisa va o’zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni xaqiqatni bilishning, ob’ektiv aniqligini tan olishning dialektik yo’lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondoshish sanoat korxonalarida po’y beradigan hodisa, voqsa va iqtisodiy jarayonlarning o’zaro bog’liqligini ularning uzluksiz xarakati, taraqqiyot va o’zgarishi, vaqt va fazoda ro’y berishini anglab olishga yordam beradi.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining eng muhim masalalarini o’rganishda qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez, statistik usullar, xronometraj va kuzatuv, tajriba va omillar bo’yicha tahlil etish usullari kiradi.
Yuqorida keltirilgan usullardan keng foydalanish korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarishga bog’lik bo’lgan masalalarni iqtisodiy asoslashga va ularni bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda belgilashga yordam beradi, hamda bu fanni o’rganuvchilarning ilm salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling