O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining mazmuni


Download 1.96 Mb.
bet10/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining mazmuni.

Hozirgi davrda ishlab chiqarish menejmenti asoslarini puxta egallab olish orqaligina, har bir insonning farovon turmush kechirishi, o’ziga munosib turmush sharoitini yaratishi, bozor iqtisodiyotining bir muncha murakkab mexanizmlari qay yo’sinda ishlashini tushunib yetishi, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olishi uchun nimalarni qilishi kerakligini anglab yetishi, to’g’ri yo’l topa bilishi mumkin bo’ladi.


Ushbu fanni o’rganish barobarida, yuqorida bayon qilingan fikrdan kelib chiqib, biz uchun yangidan kashf etilayotgan:

  • bozor munosabatlarining qisqacha mazmuni va mohiyati xaqida;

  • bozor iqtisodiyotining bir muncha murakkab mexanizmlarining tarkibiy qismlari (taklif, talab, baho va shu kabilar) haqida;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun

  • qanday vazifalarni uddalay olmoq kerakligi haqida;

  • «Ishlab chiqarish», «Raqobat», «Menejment»- kabi tushunchalar hakida;

  • yangi sharoitda axborotlarga egalik qilish, reklamani yo’lga qo’yish orqali ko’nikmalarni shakllantirish borasida to’plangan insoniyat tajribasi xaqida;

  • har qanday sharoitda ham to’g’ri yo’l topa bilishi uchun bozor asoslarini kompleks ravishda o’rganish kerakligi haqida to’xtalib, jumladan, boshqarish nazariyasi asoslarini o’rganish nima uchun kerak?, degan savollarni hal qilishga diqqatini qaratish lozimdir.

Hozirga kelib, insoniy munosabatlar silsilasida « Birdamlik ruhi» va «mushtariklik tuyg’usi» kabi hamkorlikni yo’lga qo’yishning samarli usullari va uslublari ishlab chiqilgan. SHu nuqtai nazarga ko’ra, ijrochi - fikrsiz robot emas, balki shaxsiy maqsad va manfaatlariga erishish yo’lida o’zining muayyan ijtimoiy extiyojlari majmuasiga ega bo’lgan o’ziga xos individdir... degan ta’rifni bera turib, inson ziddiyatli zot ekanligiga, shunga ko’ra, boshqaruvchiga jiddiy e’tibor qaratishni hamda shaxs, uning jamoadagi faoliyati qanday darajada ekanligi jamoaning unga bo’lgan munosabatini shakllantirishi va aksincha... kabi holatlarni o’rganishga bo’lgan e’tibor ortayotganligini ta’kidlash kerak.
Bugungi kunda ishlab chiqarish menejmentida - boshqaruv to’g’risida quyidagi umumqabul qilingan fikrlar mavjud:



BOSHQARUV

Yuksak san’at va maxorat

MENEJMENT

Fuktsiya, faoliyat turi

Jarayon

Boshkarish apparati yoki
Organi

Mustaqil fan

Ushbu fanni o’qitishning maqsadi, o’quvchilarda boshqarish muammolarini bilishga bo’lgan intilishni kuchaytirish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishiga qaratilgandir. Bugungi o’quvchi - ertangi kunda boshqarish tizimi xodimi, kichik va o’rta, katta jamolalar rahbari, korxona yoki firma faoliyatining turli tomonlarinnig boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chikuvchi mutaxassis bo’lib yetishadi.




  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling