O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish menejmentida foyda va rentabellik


Download 1.96 Mb.
bet54/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

19-mavzu: Ishlab chiqarish menejmentida foyda va rentabellik.
Reja:
1. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari
2. Rentabellikning mohiyati va ko’rsatkichlari


1. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo’lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foyda  moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.
Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega bo’ladilar. Zamonaviy xo’jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy xarajatlarni o’z ichiga olishi lozimligini sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida korxonalar faoliyati foydaning rag’batlantiruvchi ahamiyatining ortishi bilan bog’liq. Foydadan baholashning asosiy ko’rsatkichi sifatida foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining ortishi, sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan asoslanadi. SHu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga amaldagi foydani taqsimlash tizimi ham sabab bo’ladi va unga ko’ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun hamda xodimlarni bajargan mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy rag’batlantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi.
SHu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning o’z korxonasi erishadigan yuqori natijalardan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rolь o’ynaydi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig’indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

Korxona daromadi ikki ko’rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanuvchi xarajatlarga bog’liq bo’ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko’ra emas, balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan ko’p bo’lishini anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o’zida moliyaviy natija bo’lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi; daromadning turli darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko’zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon’yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi bozor kon’yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha yo’nalishini to’g’ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo’lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko’rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, yetkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko’rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo’lsa, daromad miqdori shunchalik ko’p bo’ladi); ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo’ladi;

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling