O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Korxonalarda mahsulotning sifatini nazorat


Download 1.96 Mb.
bet50/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

4. Korxonalarda mahsulotning sifatini nazorat qilish usullari.
Maxsulot sifatiga korxona jamoasining davlat oldidagi javobgarligi barcha ishlab chiqarish bo’limlarida, texnologik jarayonlarning barcha bosqichlarida (dastlabki xomashyo, materiallari, yarim tayyor maxsulotlar, detal va buyumlar kelib tushganidan to buyurmachilarga tayyor maxsulot sifatida yuborilguncha) ishlab chiqariladigan buyumlar ustidan texnikaviy nazoratni olib borish uchun maxsus bo’limlar tashkil qilinishi va shuningdek, maxsulot sifatini qoniqarli darajada ta’minlashni taqozo etadi.
Bu bo’lim zimmasiga ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini nazorat qilish bilan birga, tegishli bo’limlarning ma’lum darajada sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashdagi javobgarliklarini aniqlash vazifasi ham yuklanadi.
Texnikaviy nazorat bo’limlarining vazifalari faqatgina tayyorlangan mahsulotning talablarga mosligini tskishrish bilan chsklanib qolmasdan, texnologik intizom darajasi, dastgoxlar, asbob-uskunalarning davlat, tarmoq va korxona standartlariga mosligini ham nazorat qilishdir. Texnikaviy nazorat bo’limlari ishlab chiqarilgan qismlardan foydalanish davrida ularning xususiyatlari o’zgarishini nazorat qilib boradilar, nuqson va kamchiliklar to’g’risidagi axborotlarni tskshiradilar, biyumlar tuzilishini, ularni tayyorlash texnologiyasini va texnikaviy nazorat usullarini, takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
Sanoat korxonalarida, odatda, texnikaviy nazorat tashkilotlari ustidan rahbarlik markazlashtiriltan bo’lib, dirsktorga bo’ysunuvchi bo’lim boshlig’i tomonidan boshqariladi. TSex va bo’limlarda texnikaviy nazorat byurosi tashkil etilgan, u nazorat bo’limining boshlig’iga bo’ysunadilar. Ular korxonaga keltirilgan xomashyo, materiallar, turli mahsulotlarga mexanik ishlov berish, tsexlarda tayyorlangan qismlar, tayyorlov bo’limlarida bajarilgan ishlar, maxsulotlarning yig’ilishini, bo’yalishini, sinalishini, asbob-uskunalarning sozligini muntazam nazorat qilib boradilar.
Texnikaviy nazorat bo’limining tarkibiga turli materiallarni, o’lchov asboblarini sinaydigan laboratoriyalar kiradi. Texnikaviy nazorat bo’limining acociy vazifasi: ishlab chiqariladigan mahsulotlarda nuqsonlar bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, texnologik jarayonlarni loyihalashtirish asosida borishini nazorat qilish, ulardan chsklangan xol payqalsa, zudlik bilan asbob-uskuna va dastgoxlarni tskshirish, sozlash hamda zarur bo’lgan ta’mirlashni talab qilishdir.
Ishlab chiqarish sharontlariga binoan, sanoat korxonalarida turli texnikaviy nazorat usullari qo’llaniladi.
O’tkazilish joyiga binoan, nazoratning «turg’un» (tayyorlangan buyum yoki bajarilgan ishni maxsus nazorat qilish joyida tskshirish) va «siljuvchan» (texnologik jarayon bajarilayotgan ish joyida tskshirish) turlari shakllangan.
Texnologik jarayon bosqichlariga qarab «dastlabki nazorat» (bunday nazorat maxsulot tayyorlashdan yoki yig’ishdan oldin, unnng tarkibiga kiruvchi materiallar va qismlar bo’yicha o’tkaziladi), «jarayonlararo nazorat» (mahsulotni tayyorlash jarayoninning turli bosqichlarida o’gkaziladigan nazorat) va yakinlovchi nazoratdan iborat bo’lib, bunda so’ngi texnologik jarayondan o’tgan barcha buyumlar xamda ularning qismlari nazorat qilinadi.
Tskshiriluvchi manbalarni qamrab olish bo’yicha «sidirg’a nazorat» (bunda barcha buyumlar va uning qismlari tskshiriladi) va nuqsonlarni bartaraf qilishda eng samarali hisoblangan «statistik nazorat» o’tkaziladi. Bunday nazoratlar maxsulotning sifatini texnologik jarayonlarning borishi va dasggoxlarning holatini tskshirish hamda ularni moslashtirish maqsadida qo’llaniladi. Ular nazorat tanlash usuliga asoslangan bo’lib, ehtimollar nazariyasi xamda matematik statistikaga tayanadi. Yuqorida ko’rilgan nazoratlardan «tanlanma”si mahsulotni qayta tskshirish yoki undan foydalanish sharoitlarida ham qo’llaniladi.
Texnologik-jarayonlarni qamrash bo’yicha «jarayonma-jarayon» (navbatdagi jarayonning sifati oldingisiga bog’liq bo’lgan har bir jarayondan so’ng uinng bajarilishi tskshiriladi), sodda jarayonlarning bir nechtasi bajarilgandan so’ng yoki texnologik jarayonlar uzluksiz bajarilsa yalpi nazoratlar o’tkaziladi. Texnikaviy nazoratni «sirtqi» (maxsulotning sirtqi ko’rinishini tskshirish), «gsomstrik» (buyumning o’lchamlarini tskshirish) va «tarkibiy», ya’ni uning tarkibi, qatgnqligini va boshqa xususiyatlarini tskshirish usuli orqali olib boriladi.
Nazorat o’tkazishning maqsadga muvofiq. «ogohlantiruvchi», ya’ni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida, nuqsonlarning oldini olish maqsadida hamda «ishlab chiqarish», ya’ni ishlab chiqarishning ma’lum bosqichi yoki ayrim jarayonlardan so’ng o’tkaziladigan tskshirishdi.
Buyumlarning gsomstrik o’lchamlarini, fizikaviy va mexanik xususiyatlari sifatlarini tskshirish uchun sanoat korxonalarida ko’llaniladigan o’lchov vositalarini avtomatlashirish darajasi bo’yicha ular: mexanizatsiyalashtirilgan asbob va o’lchov vositalari (ular nazoratni qo’shimcha ishlardan ozod qilib, faqatgina jarayonga moslashtirishni talab qiladilar); qisman avtomatlashtirilgan tskshiruv asbob va vositalar (ular yordamida barchasini o’lchash, sinash hamda saralash jarayonlari avtomatik ravishda bajarilib, nazoratchidan faqatgina o’lchanuvchi yoki sinaluvchi buyumni o’rnatishni talab talab etadi xolos); avtomatlashtirilgan o’lchov asboblari va vositalari (ular avtomatik ravishda o’lchanuvchi buyumni uzatish, o’rnatish, o’lchash va saralash jarayonlarini nazoratchi yoki operatorning ishtirokisiz bajaraveradilar)ga bo’linadilar.
Texnologik jarayonga ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan qaraganda barcha o’lchov asbobi va vositalarini passiv va aktiv turlarga bo’lish mumknn.
Passiv tskshiruv vositalari buyumnipg o’lcham va xususiyatlarini texnologik jarayonlarini bajarib bo’lgandan so’ng aniqlaydilar. Ular qatoriga tayyorlanayotgan buyumning o’lcham yoki toxnologik jarayonining borishini tskshiradigan, lekin dastgoxning boshqaruv qismlariga tskshiruv natijalarini bermaydigan asbob va vositalar ham kiradi.
aktiv tskshiruv vositalari esa buyum o’lchamlarini va texnologik jarayonini aniqlash bilan bir qatorda tskshiruv natijalarini boshqaruv buyruqlariga aylantirib, dastgoxning boshqaruv xamda bajaruvchi qismlariga yuboradi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling