O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish


Download 1.96 Mb.
bet46/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

5. Ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish.

Qiyosiy tejamkorlik esa quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:


1. Tayyorlashni yanada yaxshilash.
2. Ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish.
3. Me’yoridan ortiq zahiralarni ishlab chiqarish jarayoniga kiritish.
4. Resurlarni saqlashda yo’qotishlarni kamaytirish.
5. Xom ashyo va boshqa materiallarni tashishni takomillashtirish.
Iqtisodiy resurslardan foydalanish ahvolini tahlil qilib borish va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni qidirib topish va joriy qilish tadbirlarini tuzish.
Resurslarni tejashning to’g’ri va qiyosiy manbalarini barchasi ulardan foydalanish samaradorligini orttirishga olib boradi.
Menejerlar ishlab chiqarishda resurs ta’minotini tashkil etish va boshqarish ishlarini amalga oshiradilar. Ishlab chiqarishning asosiy sohalarida resurs ta’minotini tashkil qilish quyidagi bosqichlardan iboratdir:

  1. Mahsulotga shakllangan talab to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganish asosida hamda bozor konьyukturasini o’rganish asosida ishlab chiqarishning maqsad va vazifalarini belgilash.

  2. Korxonaning ishlab chiqarish dasturini hisoblash. Ushbu dasturni hisblashda menejerlar korxonaning iqtisodiy-xo’jalik salohiyatini, ichki imkoniyatlarni, mahsulotga bo’lgan talabni va bozor tahlilini e’tiborga oladilar.

  3. Barcha turdagi resurslarga bo’lgan extiyojni aniqlash. Xom ashyo, energiya, yonilg’i, gaz dastgohlar va mehnat resurslariga bo’lgan extiyoj aniqlanadi.

  4. Ishlab chiqarishni tayyorlash. Ishlab chiqarishni tayyorlash iste’molchilar talablarini hisobga olgan holda hamda muxandislik ta’minoti asosida amalga oshiriladi.

  5. Ishlab chiqarishni uzluksiz ravishda operativ rejalashtirish.

  6. Ishlab chiqarishni samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish.

  7. Ishlab chiqarishni yuqori darajada foydaliligini ta’minlash.

  8. Korxona hodimlarini, ayniqsa iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni yo’lga qo’ygan xodimlarni har tomonlama rag’batlantirish.

  9. Tayyorlangan mahsulot sifati va miqdorini muttasil ravishda tahlil qilib borish. Uni o’tgan davrlar ma’lumotlari bilan hamda chet mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan xuddi shunday mahsulot bilan taqqoslashni amalga oshirish.

  10. Ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv vazifalari va usullarini moslashtirib borish. Korxona rahbaryati oldiga zamon talabiga mos ravishda yangi vazifalarni qo’yadi




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling