O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet44/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

14-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida transport xo’jaligi ishini tashkil etish.


Zamonaviy sanoat korxonasining faoliyati xar kuni muayyan hajmdagi turli yuklarni tashishga jalb etiladi. Transport xo’jaligi xomashyo, materiallar, yarim tayyor maxsulotlarni kopxona ichida tashish, shuningdek, tayyor mahsulotni iste’molchiga jo’natish jarayonlarini bajaradi. Korxonaning transport xo’jaligiga: xizmat ko’rsatish transport vositalari, ya’ni xarakatdagi temir yo’l, mexanizm, mashina va boshqa qurilmalar kiradi. Uning asosiy vazifasi yuklarni texnologik jarayon talabiga muvofiq va kam sarflab, yuklash, tushirish va tashish jarayonlarini tashkil etishdir.
Transport xo’jaligini tashkil etish darajasi korxona asosiy faoliyatining ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Hozirgi davrda yordamchi ishchilarning 30-40 foizi ortish-tushirish, tashish jarayonlarida banddirlar. Mahsulotning tannarxida transport xo’jaligining xarajatlari 5-8 foizni tashkil etadi. Ularni samarali tashkil etish ishlab chiqarish jarayonini qisqartiradi, maxsulot ishlab chiqarish me’yorini ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va mahsulot tannarxini kamaytiradi.
Yukni tashish joyi va doirasiga binoan ular: tashqi, tsexlararo va tsex ichidagi transport turlariga bo’linadi. Tashqi transport korxonaning temir yo’l stantsiyasi - boshqa korxona va tashkilotlararo aloqani ta’minlaydi. TSexlararo transport yuklarni korxona ichida, bo’limdan bo’limga tashish vazifasini o’taydi. TSex tarkibidagi yuk tashish vositalari yuklarni ish joylariga, bo’linma va omborlarga tashish vazifasini bajaradi.
Transport vositalari temir yo’l, suv, izsiz (elektrokara, yuk mashinasi, avtomobilь, avtokar, avtogruzchik), mexanik (osma yo’l, ko’prikli kran) kabi turlarga bo’linadi.
Harakat tarziga binoan transport vositalari uzlukli (avtomobilь, elektrokara, avtopogruzchik, elektrovoz va boshqalar) va uzluksiz (konveyer, truboprovodlar) turlarga bo’linadi.
Sanoat korxonalarida yuk tashish, asosan, mayatnikli va aylanma usullarda tashkil etiladi. Mayatnikli usulda bir bo’limdan boshqa bo’limga yuk bilan chiqqan transport yukni yetkazib bergandan so’ng dastlabki bo’limga yuksiz qaytishi mumkin. Yuk tashish aylanma tarzda tashkil etilsa, transportlardan to’laroq foydalanishga erishiladi.
Transport vositalarining turlari bo’yicha ularga bo’lgan ehtiyojni xisoblashning o’ziga xos usullari mavjud. Masalan, avtomobilь, yuk mashina, avtokara, elektrokaraga bo’lgan extiyojlar sutkada tashiladigan yukning hajmi (tonnada), reysga sarflanadigan vaqt, vositalarning yuk ko’tarish imkoniyati, yuk ko’tarish qobiliyatidan foydlanish koeffitsienti va transport vositalarining sutka davomida ishlash vaqtiga binoan aniqlanadi.
Yuk tashishda maxsus idishlardan foydalanadigan korxonalarda ketma-ket tashiladigan yuklar hajmini aniqlashda, maxsulot og’irligiga ushbu idishlar og’irligi ham ko’shiladi. Asosiy va yordamchi tsexlar uchun xizmat ko’rsatuvchi transport vositalari, shu bo’limlarning ish miqdori va ish smenasiga binoan belgilanadi.
Transport vositalarining samaradorligi, ulardan vaqt birligida foydalanish koeffitsienti, yuk ko’tarish koeffitsienti, o’rtacha texnikaviy tezligi. qatnovlar koeffitsienti, ta’mirda turish koeffitsienti va boshqa ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi. Transport xo’jaligining samaradorligini transport operatsiyalari, yuklash, yukni tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish zamonaviy ko’tarish-transport vositalari, avto matlashtirilgan omborlar, maxsus dastur asosida yuklarni saralashtiruvchi va uzatuvchi vositalarni joriy etish, konteynerlardan keng foydalanish, matematik usullar va zlektron-hisoblash texnikasi asosida jarayonlarni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish kabi tadbirlarni uzluksiz amalga oshirish evaziga yuqori saviyaga ko’tarish mumkin.
Yordamchi xo’jaliklarning faoliyatini takomillashtirish, xarajatlarni kamaytirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim manbaidir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling