O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida moddiy-texnika ta’minotini samarali tashkil etish


Download 1.96 Mb.
bet45/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

15-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida moddiy-texnika ta’minotini samarali tashkil etish
Reja:

  1. Korxonalarda moddiy texnika ta’minotini samarali tashkil etish.

  2. Korxonada MTTni tashkil etish vazifalari.

  3. Korxona bo’limlari va ish o’rinlarini moddiy resurslar bilan ta’minlash.

Iqtisodiyotni liberallashtirish, mulkni xususiylashtirish, turli mulk shakllarini yuzaga keltirish va bozor munosabatlariga o’tish boshqarishni takomillashtirishni talab qilmoqda.


Boshqaruv faoliyatini takomillashtirish ishlab chiqarishning turli sohalariga ijobiy ta’sir o’rsatadi. SHunday sohalardan biri hisoblangan resurs ta’minoti bugungi kunda takomillashtirishga muxtojdir. CHunki, hozirgi iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi sharoitida resurs ta’minoti masalalari birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Barcha turdagi resurslar cheklangan bir sharoitda, ularning har bir birligidan samarali tarzda foydalanish lozim
Iqtisodiyot rivojining turli bosqichlarida resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish davlat ahamiyatiga molik vazifalardan biri bo’lib kelgan. Markazlashgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish, ishlab chiqarish korxonalariga to’la mustaqillik berish, boshqarish va tashkil etishda iqtisodiy usullarga o’tish iqtisodiy resurslardan foydalanishdagi ma’muriy-taqsimot mexanizmi o’rniga tashkiliy-iqtisodiy mexanizmga o’tishni taqozo qildi. Iqtisodiyotdagi barcha tashkilot va korxonalar resurslar ta’minotini yo’lga qo’yishda va ulardan foydalanishda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmdan samarali tarzda foydalanishlari, uni takomillashtirib borishlari kun tartibidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. SHu bilan birgalikda resurs ta’minotini tashkil etish hamda ulardan foydalanish, resurslarni me’yorlashtirish va tejash iqtisodiyotdagi eng muhim muammolardan hisoblanadi. CHunki, iqtisodning bosh muammosi ham resurslarning cheklanganligi bilan bog’liqdir, ya’ni cheklangan resurslardan samarali tarzda foydalanib, xalqning ortib borayotgan extiyojlarini to’laroq qondirishdir. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni isloh qilish sohasida belgilangan strategik maqsadlar orasida iqtisodiy resurslardan foydalanish masalasi ham mavjud. Bu maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar xayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
- ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan maxrum bo’lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
- korxonalar va fuqarolarga keng erkinliklar berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;
- iqtisodiyotga moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur strukturaviy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qushilib borish;
- kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish.
Bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli tarzda o’tish, xalqning turmush darajasini yuksaltirish ko’p jihatdan yuqorida ko’rsatib o’tilgan strategik maqsadlarga erishish darajasiga bog’liqdir. Mamlakatimiz mustaqilligining o’tgan davrlarida ushbu strategik maqsadlarga erishish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi eng muhim strategiyalarining to’rtinchisi iqtisodiyotdagi moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalasi juda muhim bo’lganligidan, bu masala strategiya darajasiga olib chiqilgan. Bu masalani ijobiy xal qilinishi mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yanada oshirishga salmoqli xissa qo’shadi.
Xom ashyo materiallar, yonilg’i va energiyadan samarali tarzda foydalanish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish iqtisodiyotni intensiv rivojlanish yo’liga o’tkazishning muhim shartlaridan biridir. Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish deganda ulardan o’ylab, asoslangan holda, maqsadga muvofiq foydalanishni tushuniladi. Samarali deganda yana takomillashtirishni, yaxshilashni, maqsadga muofiq tashkil etishni nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish uzluksiz jarayon hisoblanadi va ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan birgalikda takomillashib boraveradi.
Ishlab chiqarish korxonalari o’z faoliyatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy resurslardan foydalanadilar. Korxona va tashkilotlar foydalanadigan resurslarni to’rt guruxga ajratish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda resurslarning tasniflanishi turlicha holda talqin etiladi. Zamonaviy menejment asoschilaridan hisoblangan M.Meskon ham ularni to’rt guruxga ajratadi. Ular quyidagilardir:

  1. Moddiy resurslar.

  2. Texnologiya resurslari

  3. Mehnat resurslari

  4. Axborot resurslari

M.Meskon va boshqa bir qator olimlar har qanday ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining faoliyati bu 4 resursga bog’liq bo’lishini har tomonlama isbotladilar. Korxona va tashkilotlardagi rahbarlar o’z tashkilotlari uchun birinchi ahamiyatli hisoblangan resurslarni yaxshi bilishlari va ularni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda foydalanish masalalariga e’tibor berishlari katta ahamiyatga egadir.
Boshqa bir gurux iqtisodchi olimlar esa korxonalar foydalanadigan iqtisodiy resurslarni boshqacha tavsiflaydilar. Ular iqtisodiy resurslarni 5 guruxga ajratadilar. L.V.Fatkin, L.Nikulin va F. Rusinovlar ishlab chiqarishdagi iqtisodiy resurslarni quyidagi 5 guruxga ajratishni ta’kidlaydilar:

  1. Moddiy va moliyaviy resurslar.

  2. Mehnat resurslari.

  3. Ilmiy-texnikaviy resurslar.

  4. Tabiiy-energetik resurslar.

  5. Axborot resurslari.

Ushbu resurslarning aksariyati yuqoridagi tavsifnomadagi 4 resurslarga mos keladi. Faqat bu tavsiflashda 2 xil resurs alohida ajratib ko’rsatilmoqda, ya’ni ilmiy-texnikaviy resurslar va tabiiy-energetik resurslar. Hozirgi sharoitda bu ikki resursning ahamiyati nihoyatda ortib ketdi. SHu sababli, ularni korxona va tashkilotlarda foydalaniladigan resurslar tarkibiga qo’shish mumkin. Bu resurslarning har birining ishtirokida ma’lum jarayonlar amalga oshadi. Bu jarayonlar to’g’risida 2-rasmda ma’lumotlar keltirilgan.
Sanoat korxonalarida foydalaniladigan moddiy va moliyaviy resurslar ishtirokida ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadi va undan iqtisodiy samara olinadi. Bu har qanday ishlab chiqarish uchun eng ahamiyatli xolat hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida mehnat resurslaridan ham foydalaniladi. Mehnat resurslari ishtirokida ijtimoiy jarayonlar amalga oshadi va bunda ijtimoiy samara olinmoqda. Axborot resurslarining hozirgi vaqtdagi ahamiyati nihoyat darajada ortib ketdi. Ular vositasida ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida samarali tadbirlar amalga oshirilishi mumkin, qaerda va qanday resurslar borligi aniqlanishi, mahsulotlarni qaysi bozorlarda qanday narxlarda sotish mumkinligi va shu kabi ma’lumotlar korxona faoliyati uchun juda zarur hisoblanadi. Axborot resurslari ishtirokida tashkiliy jarayonlar amalga oshadi va tashkiliy samara olinishi mo’njallanadi. Korxonada foydalaniladigan ilmiy texnikaviy resurslar ishtirokida ilmiy-texnikaviy jarayonlar amalga oshib, fan-texnika samarasi olinadi. Tabiiy-energetik resurslar ishtirokida ekologik jarayon amalga oshadi va ekologik samara olinadi.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalari uchun moddiy va texnologik resurslarning ahamiyati nihoyatda kattadir. SHu sababli, bu korxonalarda moddiy resurslarni tejashga alohida ahamiyat berish lozim. Moddiy resurslarning samarasi bu korxonalar samarali faoliyatini belgilaydi. Moddiy resurslar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Asosiy xom ashyo va materiallar.
2. Asosiy va yordamchi materiallar.
3. Yonilg’i-moylash mahsulotlari.
4. Elektroenergiya.
5. Bug’.
6. Suv.
7. Butlovchi materiallar.
Ishlab chiqarishda foydalanadigan moddiy resurslar korxona mahsulotining asosini tashkil etadi. Bu resurslar ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga to’liq o’tkazadi va o’zining jismoniy shaklini yo’qotadi. Ularning har bir birligidan ko’proq miqdorda tayyor mahsulot olish barcha turdagi korxonalar faoliyatining muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan har qanday moddiy resurs ko’plab xususiyatlarga ega bo’ladi va o’zining ma’lum xususiyatlariga ko’ra foydali bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish korxonalaridagi eng muhim masala ham ana shunda, ya’ni har bir moddiy resurslarning foydali xususiyatini yaxshi anglash va ulardan foydalanish usullarini bilish hamda ishlab chiqarish jarayonida samarali tarzda foydalanishdir. Bir xil turdagi materiallardan turli darajada foydalanish mumkin. Bunga moddiy resurslardan foydalanishni tashkil etish darajasi muhim o’rin egallaydi.
Moddiy resurslardan foydalanish ishlab chiqarishning ularga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishdir. SHu sababli korxona va tashkilotlarda ishlarni tashkil etishda moddiy resurslarni rejalashtirishga, extiyojni to’g’ri aniqlashga, ularning o’z xususiyatlariga mos ravishda foydalanishga e’tibor berish kerak. Moddiy resurslarga bo’lgan extiyojni to’g’ri aniqlash ham juda muhim xolat hisoblanadi.
Moddiy xom ashyo resurslariga bo’lgan ehtiyoj korxonalardagi ishlab chiqarish dasturlari asosida amalga oshiriladi. Demak, moddiy, xom ashyo resurslariga bo’lgan extiyojni aniqlash avvalambor korxonadagi boshqaruvning rejalashtirish funktsiyasi negizida amalga oshirilar ekan. Korxonadagi ishlab chiqarish rejalashtirilgan har bir-birlik mahsulotni tayyorlash yoki xizmatni amalga oshirish ma’lum miqdorda xom ashyo, yordamchi materiallar, yonilg’i moylash mahsulotlari, suv, bug’, elektroenergiya va shu singarilarni talab qiladi. Moddiy resurslardan samarali foydalanish deganda ana shu bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan moddiy resurslar sarfini kamaytirish tushuniladi.
Bir-birlik mahsulotni ishlab chiqarishdagi moddiy resurslar sarfini kamaytirish mahsulotning material sig’imini kamaytirishga olib boradi. Bu esa o’z navbatidagi mahsulot ishlab chiqarish tan narxini pasayishiga va bu orqali korxona foydasini orttirishga olib boradi. Demak moddiy resurslardan tejamkorlik bilan samarali tarzda foydalanish ikki tomonlama foyda keltirishi mumkin ekan:
1. Jamiyatdagi mavjud bo’lgan resurslarni cheklangan miqdorini tejash orqali, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga.
2. Ishlab chiqarish korxonasi foydasining ortishi orqali korxona a’zolarining qo’shimcha rag’batlantirishga olib boradi.
Mamlakat iqtisodiyotining moddiy resurslarga bo’lgan extiyoji tobora ortib bormoqda. Bu ehtiyojni qondirishning ham ikki xil yo’li mavjud:
1. Moddiy resurslarning umumiy miqdorini oshirish, ya’ni paxta xom ashyosi yetishtirish, ko’proq neftь, qazib olish, gaz qazib olish, ko’mir va boshqa yer osti boyliklarini qazib olish,ko’proq kurilish materiallari tayyorlash, ko’proq miqdorda elektroenergiya ishlab chiqarish. Bu yo’l chegaralangan yo’l hisoblanadi hamda qo’shimcha kapital mablag’lar orqali amalga oshiriladi.
2. Intensivlashtirishning asosiy omili bo’lgan iqtisod qilish, tejash orqali, moddiy resurslarning har bir birligidan unumliroq tarzda foydalanish va ko’proq miqdorda mahsulot yetishtirishga muvaffaq bo’lish. Moddiy resurslardan foydalanish sohasidagi ushbu yo’nalish ko’p kapital mablag’ talab qilmaydi va iqtisodiyotda hamda tashkilotlarda yuqori darajada samaradorlikni ta’minlaydi. Islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida mamlakatimiz rahbariyati moddiy resurslardan foydalanishning ana shu ikkinchi yo’lini qo’llab-kuvvatlamoqda, ya’ni moddiy resurslarga bo’lgan extiyojining asosiy qismini ana shu ikkinchi yo’l bilan tejamkorlik asosida foydalanish hisobiga qondirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan. Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. Yangi texnika va texnologiyani joriy qilish.

  2. Xom ashyo va materiallarni zamonaviylari va samaralilari bilan almashtirish

  3. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini yaratish va joriy etish

  4. Yonilg’i va energiyani tejash

  5. Ikkilamchi resurslardan foydalanish.

  6. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash va tashishda turli yo’qotishlarning oldini olish.

  7. Resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni rag’batlantirish.

  8. Resurs ta’minotini takomillashtirish.

Iqtisodiy resurslardan samarali tarzda foydalanish yo’nalishlaridan biri bo’lgan yangi texnika va texnologiyani joriy qilish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Yangi yaratilayotgan dastgoxlar, asbob-uskunalar kamrok elektroenergiya, yonilg’i sarfi orqali harakatga keladi va xom ashyodan to’la foydalanishga imkon berishi lozim. Bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan moddiy resurslar sarfi kamayishiga erishishga imkon beradigan dastgoxlar, asbob-uskunalar yaratilishi lozim.


K
Захиралар ва ишлаб чикариш нисбатларини оптималлаштириш

Моддий ресурслардан фойдаланишни тахлил килишни такомиллаштириш
orxona va tashkilotlar o’z faoliyatlarida foydalaniyotgan resurslarni boshqa sifatlirog’i va arzonrog’i bilan almashtirish, yangi xom ashyo va material turlarini qidirib topish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish katta iqtisodiy samara olinishiga sabab bo’ladi. SHu bilan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati ham ortadi, xom ashyo sarfi harajatlari (bir birlik mahsulotga bo’lgan sarf) kamayishi hisobiga tannarx ham pasayishi mumkin. Sanoat korxonalarida foydalanilayotgan metalldan ishlangan quvurlar o’rniga nisbatan arzonroq, yengilroq va sifatliroq bo’lgan polietilen quvurlardan foydalanish ham mahsulot tannarxini pasayishiga, sifatning yaxshilanishiga olib keladi. Bunday quvurlarning xizmat qilish muddati temir kuvurlarga qaraganda bir necha barobar yuqoriligi hamda ular narxining bir necha barobar pastligi va foydalanishdagi qulayligi sanoat korxonalari uchun qo’shimcha samara keltiradi. To’qimachilik korxonalarida foydalaniladigan paxta tolasi o’rniga sun’iy tolalardan, sintetik tolalardan, viskoza, lavsan va shu kabi boshqa tolalardan foydalanish ham katta samara olinishiga sabab bo’lishi mumkin. Almashtirish asosan sifatli va arzon mahsulotlar tomonga amalga oshirilsa samara berishi mumkin.
Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning yana bir muhim yo’nalishi resurslarni saqlash va tashishdagi yo’qotishlarni oldini olishdir. Hozirgi vaqtda ko’plab korxona va tashkilotlarda resurslarni saqlash va tashishda ba’zi bir yo’qotishlar mavjud. Ushbu kamchilikni yo’qotish maqsadida moddiy resurslarni tashish va saqlashda ishlarni tashkil etish darajasini orttirish lozim. Xom ashyo va yordamchi materiallarni saqlashda ma’lum sharoitlarga amal qilmaslik natijasida ularning sifati bo’zilishi, past navlarga o’tishi va ularni ishlab chiqarishga tayyorlash qo’shimcha harajatlar talab qilishi mumkin. SHu sababli ularni saqlash va tashish texnologiyasiga amal qilish lozim. Ular saqlanayotgan xonalarning sanitariya-gigiena ko’rsatkichlari, ob-xavo parametrlari va boshqa sharoitlari me’yorlar darajasida bo’lishi kerak.
Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning yana bir muhim yo’nalishi resurslarni tejashni rag’batlantirishdir. Ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri bu mehnat resurslaridan foydalanish darajasidir. Agar har bir ish joyida xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyadan samarali foydalanishga harakat qilinsa juda katta miqdordagi moddiy resurs tejalishiga erishishimiz mumkin. Har bir ish joyida mavjud resurslardan samarali foydalanish uchun rag’batlantirish tizimini yaratish lozim. Har bir xodim o’z ish joyida tejab kelayotgan moddiy resurs uchun qandaydir darajada rag’batga ega bo’lsa moddiy manfaatdorlik yuzaga keladi. SHu bilan birgalikda har bir ish joyida yo’l qo’yilgan ortiqcha sarf uchun mas’uliyatni oshirish lozim. Tejamkorlikni samarasiz xolatga olib keladigan xo’jalik yuritish elementlarini ham qisqartirish lozim.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi mukofotlash tizimini to’g’ridan-to’g’ri shu ko’rsatkich bilan, ya’ni moddiy resurslardan foydalanish darajasi bilan bog’lash lozim. Mukofotlash uchun mablag’lar jamlanadigan fondlarni korxonadagi moddiy resurslardan foydalanish darajasiga bog’lash ham katta iqtisodiy samara beradi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanishning bu yo’nalishini joriy qilish uchun moddiy resurslarni hisobga olishni va me’yorlashtirishni takomillashtirish lozim bo’ladi. Moddiy resurslar sarfini aniq o’lchashning imkoniyati yo’q tarmoq va korxonalarda bu rag’batlantirishni joriy qilish mumkin emas. Demak, barcha tarmoqlarda moddiy resurslar sarfini aniqlash va me’yorlashtirishni yo’lga qo’yish, ularni nazorat-o’lchov asboblari yordamida amalga oshirish zarurdir.
Moddiy xom ashyo resurslarini tejashning ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Buning sabablari quyidagilardir:
1. Iste’molning ortishi.
2. Ishlab chiqarish hajmini tez sur’atlar bilan ortib borishi.
3. Bir birlik moddiy resursni olish yoki ishlab chiqarish tobora ko’proq mablag’ talab qilmokda.
Moddiy harajatlarni kamaytirish korxonalardagi mahsulot tannarxini kamaytirishga va ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshirishga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, O’zbekistondagi korxona va tashkilotlarda bu yo’nalish tannarx va foydaga katta ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi, bizning ishlab chiqarish korxonalarimizda mahsulot tannarxining strukturasida moddiy xom ashyo harajatlari asosiy o’rinni egallaydi, katta xissaga egadir. Sanoat korxonalarida jami harajatlarning 60 foizdan ortiqrog’i moddiy harajatlardan iboratdir. Yengil sanoatda 60-70 foiz, to’qimachilik sanoatida 70-80 foiz, paxta tozalash korxonalarida esa 80-90 foiz harajatlar moddiy resurslarga to’g’ri keladi. SHu sababli, bu tarmoqlarda moddiy resurslarni tejash va ulardan samaraliroq foydalanish yanada katta ahamiyat kasb etadi.
Resurslardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishni ularni ta’minotini tashkil etish davridan boshlash katta ahamiyatga egadir. Sanoat korxonasi uchun samarali va sifatli bo’lgan resursni qidirib topish va uni korxona faoliyati uchun mos keladigan narxlarda sotib olishni amalga oshirish, optimal tarzda korxonaga yetkazib kelishni tashkil etish va saqlashdagi texnologik ko’rsatkichlarga rioya qilish resurslar tejamkorligiga olib boradigan asosiy yo’llardandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritish bu ishlarga yanada yuqori darajada e’tibor qaratilishini talab qilmoqda. CHunki, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi resurslarning ahamiyati yanada ortib ketadi.
Turli tarmoqlarda, turli korxona va tashkilotlarda resurs ta’minotini boshqarish va mavjud resurslardan samarali foydalanish va tejashning imkoniyatlari turlichadir. CHunki, korxonalar va tashkilotlarda resurslarni tejashning imkoniyatlari turlicha bo’ladi. Resurslar ta’minotini tashkil etish, boshqarish va ularni tejashning manbalari ham turli korxonalarda turlicha bo’ladi. Amalga oshiriladigan tadbirlar ham farq qilishi mumkin. Iqtisodiy resurslarni tejashning manbasi ma’lum shartlar bajarilganda mavjud resurslarning qandaydir qismini tejash imkoniyatidir. Bunga quyidagicha erishish mumkin:
1.Mahsulot hajmini kamaytirish, yengillashtirish.
2.Kam chiqindilik texnologiyadan foydalanish.
3.Iqtisodiy resurslarning samarali turlaridan foydalanish.
Iqtisodiy resurslarni tejashning manbalari 2 xil bo’ladi:
1.To’g’ri.
2.Qiyosiy.
To’g’ri tejamkorlikda ishlab chiqariladigan bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan resurslar xarajatlarini kamaytirish. Bu ishlab chiqarish jarayonida yuz beradi. Resurslarning kiyosiy tejamkorligi ishlab chiqarishda va muomala sohasida amalga oshirilishi mumkin. U ishlab chiqarish jarayonidan tashqarida moddiy resrslarni joylashtirish va saqlashni yaxshilashda yuzaga keladi.
Iqtisodiy resurslarning to’g’ri tejamkorligi quyidagi guruhlardan iborat bo’ladi:
1. Mahsulotning material sig’imini kamaytirish.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
3. Mahsulot sifatini oshirish.
4. Dastlabki moddiy resurslar o’rniga boshqa resurslardan foydalanish.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling