O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Maxsulotlarning sifatini boshqarish


Download 1.96 Mb.
bet48/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

2. Maxsulotlarning sifatini boshqarish.
«Boshqarish» iborasi mahsulot sifatiga oid qo’llanilganda, uni doimiy nazorat qilish, belgilovchi shart va omillarning maqsadga muvofiq ta’sir etish yo’llari bilan maxsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zarur darajada o’rnatilishi, ta’minlanishi va saqlanishi tushiniladi.
Korxonalarda mahsulotning sifatini boshqarish jarayonlari texnikaviy, tashkiliy-texnologik, nazorat, tashish, saqlash va boshqa jarayonlarning o’zaro bog’liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
Maxsulot sifatini boshqarish jarayoni maxsulotning sifat darajasini belgilash; unga ta’sir ko’rsatuvchi buyum yoki uni ishlab chiqarish jarayoni darajasi to’g’risidagi axborotlapni yig’ish va ularni o’rganish; mahsulot sifatini boshqarish to’g’risida qaror qabul qilish va unga ta’cup ko’rsatishga tayyorlanish; boshqaruv qarorlarini ommalashtirish; boshqarish natijasida maxsulot sifatining o’zgarishi haqidagi axborotlarni yig’ish va tahlil qilishdan iborat. Maxsulotni loyihalashtirish ishlab chiqarish va undan foydalanishning barcha bosqichlariga taalluqlidir.
Mahsulot sifatini boshqarish standartlashtirishga asoslanadi. Standartlashtirish mahsulotga, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlarga bo’lgan talablarni chsklaydi va maxsulot sifatini boshqarish bo’yicha ishlarni tashkil etadi; maxsulot sifatini nazorat qilishni baholash usullari va vositalarini o’rnatadi; maxsulotlarni attsstatsiya qilish tartibini belgilaydi; maxsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni va asbob-uskunalar ta’mirini belgilaydi; maxsulotdan foydalanish shartlari va qoidalarini tayinlaydi, mahsulot sifati bo’yicha davlat nazorati o’rnatishni mo’ljallaydi.
Korxonalarda maxsulot sifatiga to’la raxbarlik qilishda: maxsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarra chamalash; maxsulot sifatini oshirishni rejalashtirish; uni atgsstatsiya qilish; mahsulot loyihasini tuzish va ishlab chiqarishga joriy etish; ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash; mugaxassislarni tanlash, joylashtirish, tarbiyalash va o’qitish; ishlab chiqarish vositalarini saqlash va ularni ta’mirlashni tashkil etish; maxsulot sifatini nazorat qilish, standartlarga, o’lchov vositalari va texnik shartlarga rioya qilish; maxsulot sifatini boshqarish xuquqini ta’minlash kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Albatga, yuqori, a’lo sifatli, raqobatbardosh maxsulot korxona va ishlab chiqarish birlashmalarining daromadi (foydasi)ni oshiradi, chunki bunday maxsulotlar nisbatan yuqori baxolanadi. Xo’jalik xisobotini to’la-to’kis yuritish, o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash va moliyalashtirish sharoitida sanoat kopxonalari va birlashmalarining iqtisodiy manfaatdorligi ksskin o’zgaradi, a’lo sifatiga raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishga bo’lgan manfaatdorligi kuchayadi, yalpi maxsulot amalga oshirilgandan so’ng tushadigan foyda va undan davlatga beriladigan me’yor darajasidagi turli to’;lov va ajratmalardan tashqari xo’jalik daromadi ko’payadi. Bundan korxonalar to’g’ridan-to’g’ri manfatdor bo’ladilar. CHunki bu foydadagi mablag’lar korxonani kengaytirish, rivojlantirish, jamoaning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash va mehnatga xaq to’lash kabilarga sarflanadi. Yana eng muhimi shundaki, yil oxirida ortib qolgan mablag’ korxona ixtiyorida qoladi. SHuning uchun bunday imkoniyatga faqat mahsulot sifatini yaxshilab borish yuli bilan erishish mumkin.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling