O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida ombor xo’jaligi ishini tashkil etish


Download 1.96 Mb.
bet43/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

13-mavzu: Ishlab chiqarish korxolarida ombor xo’jaligi ishini tashkil etish.

Ishlab chiqarish menejmentida ombor xo’jaligi ishini tashkil etish va boshqarish muhim o’rin tutadi. Ombor xo’jaligi har qanday ishlab chiqarish korxonasining uzviy qismi hisoblanadi va uning faoliyatini samarali tashkil etish korxonalar faoliyatining muvaffaqiyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ombor xo’jaligining ishini tashkil etishni paxta tozalash korxonalari misolida ko’rib chiqamiz. Paxta tozalash korxonalarida paxta xom ashyosini saqlash uchun paxta qabul qilish (tayyorlov) punktlari tashkil etiladi.


Paxta tozalash korxonasi – paxtani dastlabki qayta ishlash uchun mo’njallangan va o’z tarkibida paxta xarid qiluvchi tayyorlov punktlariga ega bo’lib, rivojlangan ishlab chiqarish tuzilmasi asosida ish ko’ruvchi xo’jalik hisobidagi sanoat korxonasidir. Ishlab chiqarish va tayyorlov faoliyatini bir-biriga hamoxang holda olib borilishi, uni boshqa sanoat tarmog’ining ko’plab korxonalaridan muayyan ravishda ajratib turadi.
Tayyorlov punktlari korxonaning ichki xo’jalik xisobida turadi, yakun topmagan buxgalteriya hisobi olib boriladi. Bu tayyorlov bo’limlarining faoliyati xom ashyo tayyorlash rejasining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va tayyorlov transport xarajatlarining me’yorlariga rioya etilishiga qarab baholanadi. Tayyorlov tizimiga quritish-tozalash tsexlari kiritilgan, chunki ularning aksariyati xududiy jixatdan asosiy ishlab chiqarishdan ajratilgan. Ular paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaliklar tomonidan tayyorlov punktlariga keltiriladigan xosilning sifatini saqlashni ta’minlaydigan namlik va ifloslik me’yorlariga yetkazish uchun mo’njallangan. Mazkur tsexlarning xarajatlari (xizmatlari) qoplanishi zarur, shu sababli ularning faoliyati o’z xarajatini o’zi qoplash asosida tuzilib, tayyorlov faoliyatidan alohida rejalashtirilgan holda hisobga olinadi.
Tayyorlov tarmog’i paxta tozalash korxonasining tuzilmasiga kiritiladi. Aksariyat tayyorlov punktlarida quritish-tozalash tsexlari mavjud bo’lib, ular quritish mashinalari, energetika va transport uskunalari bilan jixozlangan.
Tayyorlov punktlari murakkab xo’jalik bo’lib, paxta qabul qilish va saqlash uchun ombor, maydonlardan, urug’lik chigit tayyorlash va saqlash uchun binolarni, ortish-tushirish uchun mexanizatsiyalashgan vositalarni, tarozi xo’jaligini, yong’indan saqlash inshoot v uskunalarni o’z ichiga oladi. Tayyorlov punktlari laboratoriya, idora, uy-joy binolari va material omborlariga egadir.
Tayyorlov punktlari korxonada va korxlonadan tashqarida bo’ladi. Paxta tozalash korxonalari turli miqdorda paxta tayyorlov punktlariga ega bo’ladilar. Bu esa paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish quvvatiga, tayyorlanadigan paxtaning xajmiga bog’liq. Paxta tayyorlov tizimining faoliyati, topshiriladigan paxtani qabul qilish, saqlash, hisoblash va hisob-kitob qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomalar bilan muvofiqlashtirilgan.
Paxta tayyorlov punktining faoliyat doirasiga amaldagi Nizomga muvofiq quyidagilar kiradi:
1. Paxta topshiruvchining chigit ekish rejalarini ishlab chiqshda ishtiroki.
2. Paxta yetishtiruvchilar bilan paxta xarid qilish uchu kontraktatsiya shartnomalarini tuzish.
3. Paxta yetishtiruvchilarga urug’lik chigit, o’rov gazlama, qop, fartuklar yetkazib berishda qatnashish, ularga pul avanslari berish, ekish va g’o’zaga dalada ishlov berish sifatinitekshirishni tashkil qilish, kontraktatsiya shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash.
4 Paxta tayyorlov punktining ta’mirlash rejasini tuzib, paxta tozalash korxonasiga tasdiqlash uchun taqdim etish va uni paxta topshiruvchilardan paxta qabul qilib olishga tayyorlash.
5. Tayyorlov punktining moddiy-texnika bazasini paxta qabul qilish va uni saqlash vositalari bilan ta’minlash, shu vositalarga bo’lgan talabning asoslangan hisob-kitoblarini tuzish va taqdim etish.
6. Amaldagi yo’riqnomalarga muvofiq paxta tayyorlash (qabul qilish), saqlashni tashkil etish.
7. Kontraktatsiya shartnomalarida va yo’riqnomalarda belgilangan tartib va muddatlarda paxta topshiruvchilar bilan hamma turdagi hisob-kitoblarni bajarish.
8. Paxtani quritish va tozalash.
9. Buxgalteriya hisobini olib borishbo’yicha oylik, chorak va yillik buxgalteriya hisob va balanslarini tuzish hamda ularni belgilangan muddatlarda paxta tozalash korxonasiga taqdim etish.
10. Statistik va tezkor hisobot olib borish.
11. Paxta yetishtiruvchilar tomonidan paxta uchun kontraktatsiya shartnomalarini bajarilishini hisobga olish, shuningdek, qabul qilinadigan paxtani sinflar, navlar bo’yicha hisobga olish; paxta tayyorlov punktida paxta quritish va oldindan tozalashni, mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarilishini tashkil etish.
12. Paxta tayyorlov punktining ishchi va xizmatchilari hamda moddiy boyliklarni yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish.
13. Paxta, urug’lik chigit, materiallar, pul va asosiy mablag’larni davriy va yillik qayd qilishni tashkil etish.
14. Bir kunda qabul qilingan paxtaning navi, turi, sinfi bo’yicha o’rtacha iflosligi va namligi to’g’risida laboratoriyalardan olingan kunlik ma’lumotlar bo’yicha paxta qabul qilishning to’g’riligini tekshirish.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling