O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet66/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. “Ishlab chiqarish rejasi” potentsial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o’z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko’rsatadi. “Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash” bo’limi ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o’zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya’ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko’rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug’urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja:

  1. savdo hajmining bashorati;

  2. pul daromadlari va xarajatlari balansi;

  3. foyda va zarar bo’yicha reja.



4. Raqobat va uning darajasini baholash.
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo’ladi.
Har bir haridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
-tovarni sotish bozorni o’rganish;
-raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish;
-iste’molchilar talablarini o’rganish;
-raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
-ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har kanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi haridorni tovarni harid qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= RG’S max
bu yerda: R - tovarning foydali samarasi;
S - tovarni harid qilish va foydalanishga oid harajatlar;
(sotib olish harajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
- o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo’yicha, bir xil extiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.
Xozirgi davrda raqobat o’ziga xos qiyofa kasb etmoqda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni harajatlar eng kam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga qo’yishni talab qiladi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o’rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
- boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
- raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag’batlantirish usullari kanday?
- qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
- raqobatchilar tovarlarining o’ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko’zga tashlanmoqda?
- tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
- milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o’z shaxobchasini ochganmi?
- raqobatchilar qo’llaetgan tovar harakati (transport, zaxiralar xajmi, omborlari va ularning joylanishi.
Natijada raqobatchi shunday harakat qilishyapti? Boshqacha yo’li yo’qmi? Ushbu savollarga javob topiladi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:

  1. Raqobatchi firmalar soni va ularni qiyosiy quvvati;

  2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;

  3. Bozordagi talab xajmini o’rganish;

  4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;

  5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish harakatlari;

  6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi.

  7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.

  8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.

  9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.

  10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning aloxida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi.

Adabiyotlar:



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling