41
qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «fa’lun» bilan almashtiriladi. Rukndagi
bu o’zgarish «qat’», «qat’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqtu’»
deyiladi;
12) fa’lon. «Fa’lun» (– – // maqtu’) far’iy rukn oxiridagi «lun» cho’ziq
bo’g’inning «lon» o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi:–~. Rukndagi bu
o’zgarish «tasbig’», «tasbig’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa
«musabbag’» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki maqtu’ rukn
«fa’lun»dan hosil bo’lganligi uchun musabbag’li maqtu’ ma’nosida «maqtu’i
musabbag’» deb nomlanadi;
13) fail. «Foilotun» (–V– –) dagi birinchi cho’ziq bo’g’inning qisqa bo’g’inga
aylanishi hamda oxirgi «tun» bo’g’ini va uchinchi «lo» bo’g’inidagi «o» harfining
tushishidan hosil bo’ladi: V–. Rukndagi bu o’zgarish «rab’», «rab’» zihofi natijasida
paydo bo’lgan far’iy rukn esa «marbu’» deyiladi;
14) «fa’». «Foilotun» (–V– –) dagi avvalgi uch bo’g’inning tushishidan hosil
bo’ladi: –. qolgan «tun» qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «fa’» bilan
almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «jahf», «jahf» zihofi natijasida paydo bo’lgan
far’iy rukn esa «majhuf» deyiladi;
15) «fo’». «Fa’» (– // majhuf) bir cho’ziq bo’g’in tarzidagi far’iy ruknning bir
o’ta cho’ziq bo’g’in tarzidagi ruknga aylanishidan hosil bo’ladi: ~. Rukndagi bu
o’zgarish «tasbig’», «tasbig’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa
«musabbag’» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki majhuf rukn
«fa’»dan hosil bo’lganligi uchun musabbag’li majhuf ma’nosida «majhufi
musabbag’» deb nomlanadi.
Shunday qilib, «foilotun» ruknining, agar solim ko’rinishini ham qo’shadigan
bo’lsak, o’n olti ko’rinishi mavjud bo’ladi. Lekin ruknlarning ko’pligidan
cho’chimaslik lozim, chunki ulardan to’rttasi: 1) maf’uvlun (– – – // musha’’as); 2)
Do'stlaringiz bilan baham: |