O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


  qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «fa’lun


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

 
41 
qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «fa’lun» bilan almashtiriladi. Rukndagi 
bu o’zgarish «qat’», «qat’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqtu’» 
deyiladi; 
12) fa’lon. «Fa’lun» (– – // maqtu’) far’iy rukn oxiridagi «lun» cho’ziq 
bo’g’inning «lon» o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi:–~. Rukndagi bu 
o’zgarish «tasbig’», «tasbig’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa 
«musabbag’» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki maqtu’ rukn 
«fa’lun»dan hosil bo’lganligi uchun musabbag’li maqtu’ ma’nosida «maqtu’i 
musabbag’» deb nomlanadi; 
13) fail. «Foilotun» (–V– –) dagi birinchi cho’ziq bo’g’inning qisqa bo’g’inga 
aylanishi hamda oxirgi «tun» bo’g’ini va uchinchi «lo» bo’g’inidagi «o» harfining 
tushishidan hosil bo’ladi: V–. Rukndagi bu o’zgarish «rab’», «rab’» zihofi natijasida 
paydo bo’lgan far’iy rukn esa «marbu’» deyiladi; 
14) «fa’». «Foilotun» (–V– –) dagi avvalgi uch bo’g’inning tushishidan hosil 
bo’ladi: –. qolgan «tun» qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «fa’» bilan 
almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «jahf», «jahf» zihofi natijasida paydo bo’lgan 
far’iy rukn esa «majhuf» deyiladi; 
15) «fo’». «Fa’» (– // majhuf) bir cho’ziq bo’g’in tarzidagi far’iy ruknning bir 
o’ta cho’ziq bo’g’in tarzidagi ruknga aylanishidan hosil bo’ladi: ~. Rukndagi bu 
o’zgarish «tasbig’», «tasbig’» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa 
«musabbag’» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki majhuf rukn 
«fa’»dan hosil bo’lganligi uchun musabbag’li majhuf ma’nosida «majhufi 
musabbag’» deb nomlanadi. 
Shunday qilib, «foilotun» ruknining, agar solim ko’rinishini ham qo’shadigan 
bo’lsak, o’n olti ko’rinishi mavjud bo’ladi. Lekin ruknlarning ko’pligidan 
cho’chimaslik lozim, chunki ulardan to’rttasi: 1) maf’uvlun (– – – // musha’’as); 2) 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling