O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
musabbag’» deb nomlanadi; 4) foilotu
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
musabbag’» deb nomlanadi;
4) foilotu. «Foilotun»dagi (–V– –) to’rtinchi «tun» cho’ziq bo’g’inning «tu» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi:–V–V. Rukndagi bu o’zgarish «kaff», «kaff» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «makfuf» deyiladi; 5) failotu. «Foilotun»dagi (–V– –) birinchi «fo» va to’rtinchi «tun» cho’ziq bo’g’inlarining qisqa «fa» va «tu» bo’g’inlariga aylanishidan hosil bo’ladi: (VV–V). Rukndagi bu o’zgarish «shakl», «shakl» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «mashkul» deyiladi; 6) foilot yoki foilon. «Foilotun» (–V– –) oxiridagi «un» qismining tushishidan hosil bo’ladi, natijada uchinchi cho’ziq bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: – V~. 9 Rukndagi bu o’zgarish «qasr», «qasr» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqsur» deyiladi; 7) failot yoki failon. «Foilot» yoki foilon» (–V~ // maqsur) far’iy rukndagi birinchi «fo» cho’ziq bo’g’inning «fa» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: – V~. Rukndagi bu o’zgarish «xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maxbun» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki maqsur rukn «foilon»dan hosil bo’lganligi uchun maqsurning maxbuni ma’nosida «maxbuni maqsur» deb nomlanadi; 8) foilun. 10 «Foilotun» (–V– –) oxirgi «lun» bo’g’inining tushishidan hosil bo’ladi: –V–. Qolgan qism «foilo» deyilmay, «foilo»ga vazndosh bo’lgan «foilun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «hazf», «hazf» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «mahzuf» deb nomlanadi; 9) failun. «Foilun» (–V– // mahzuf) far’iy rukndagi birinchi «fo» cho’ziq bo’g’inning «fa» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi: VV–. Rukndagi bu o’zgarish «xabn», «xabn» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maxbun» deyiladi. Ammo u solim rukn «foilotun»dan emas, balki mahzuf rukn «foilun»dan hosil bo’lganligi uchun mahzufning maxbuni ma’nosida «maxbuni mahzuf» deb nomlanadi; 10) maf’uvlun. «Foilotun» (–V– –) dagi ikkinchi qisqa bo’g’inning tushishidan hosil bo’ladi:– – –. qolgan «folotun» qismi vazn jihatidan u bilan bir xil bo’lgan «maf’uvlun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «tash’is», «tash’is» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «musha’’as» deyiladi; 11) fa’lun. «Foilotun» (–V– –) to’rtinchi «tun» bo’g’inining va uchinchi cho’ziq «lo» bo’g’inidagi «o» harfining tushishidan hosil bo’ladi: – –. qolgan «foil» 9 Masalan, «foilotun»ga teng bo’lak «bu: ki to:-bim» bo’lsa, oxirgi bo’g’in «-bim» emas, uning bir qismi - «-ing» tushadi. Natijada oxirgi bo’g’indagi «r» uchinchi bo’g’inga o’tib, uchinchi bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: bu: ki-tob / - V ~ / foilot yoki foilon. 10 Bu yerda «foilun» - «foilotun»dan hosil bo’lgan far’iy rukn. Uni «foilun» asliy rukni yoki “mafoiylun”ning ashtar ko’rinishi bo’lgan “foilun”bilan chalkashtirmaslik lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling