O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Alisher Navoiy. Layli va Majnun 
Eslatma: Mazkur to’rt vazn (hazaji musammani axrabi maqbuzi mahzuf, hazaji 
musaddasi axrabi maqbuzi maqsur, hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf hamda 
hazaji musaddasi axrami ashtari maqsur) bir-biriga yaqin bo’lganligi uchun bir asar 
doirasida baravar qo’llanaveradi. Keltirilgan misollardan ham ko’rinib turibdiki
«Layli va Majnun» dostonida har to’rt vaznni ham uchratish mumkin. 
9-мавзу: Hazaj bahri va uning vaznlari 
Режа:
1. Ҳазаж баҳрининг мусамман вазнлари. 


 
36 
2. Ҳазажи мусаммани солим. 
3. Ҳазажи мусаммани ахраб ва бошқа вазнлар. 
Hazaj bahri musamman (sakkizlik) vaznlaridan quyidagilar o’zbek adabiyoti 
tarixida ko’p qo’llangan: 
1. Hazaji musammani solim. Mazkur vaznning to’rtala rukni ham 
«mafoiylun»ning solim (V – – – ) ko’rinishidan iborat: 
mafoiylun 
mafoiylun 
mafoiylun 
mafoiylun 
V – – – // 
V – – – // 
V – – – // 
V – – –
Masalan: 
Xa–zon yaf–ro:–g’i yang–lig’ gul yu–zing haj–ri:–da sar–g’ar–dim, 
Ko’–rib rah–m^ay–la–gil, ey lo:–la ruh, bu: cheh–ra–i: zar–dim. 
V – – – // V – – – // V – – – // V – – – 
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
solim solim solim solim
Bobur
Yoki: 
Shi–fo:–yi: vas–l. qad–rin haj–r^i–la: be:–mo:–r^o’–lan–dan so’r, 
Zu–lo:–li: zav–q.–shav–qin tash–na–i: diy–do:–r^o’–lan–dan so’r, 
V – – – // V – – – // V – – – // V – – – 
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
solim solim solim solim
Fuzuliy 
«Hazaji musammani solim» vazni o’zbek adabiyotidagi eng sevimli vaznlardan 
biridir. Ko’p qo’llanishi nuqtai nazaridan u o’zbek adabiyotida faqat «ramali 
musammani mahzuf» vaznidan keyin turadi, xolos. 
2. Hazaji musammani axrab. Mazkur vaznning birinchi va uchinchi ruknlari 
«mafoiylun»ning «axrab» (– – V // maf’uvlu), ikkinchi va to’rtinchi ruknlari esa 
solim (V – – –) ko’rinishidan iborat bo’ladi: 
maf’uvlu 
mafoiylun 
maf’uvlu 
mafoiylun 
– – V // V – – – // 
– – V // 
V – – –
Masalan: 
Sho’x ik–ki g’i–zo:–ling–ni: noz uy–qu–si–din uy–g’at, 
To: uy–qu–la–ri: ket–sun, gul–zor i–chi–da: o’y–nat
– – V// – – – // – – – V//V – – – 
maf’uvlu mafoiylun maf’uvlu mafoiylun 
axrab solim axrab solim
Navoiy 
Yoki:
Kul–bam sa–ri jo:–no:–nim kel–mas–mu e–kin o:–yo:, 
Haj–ri:–da yo–mon ho:–lim bil–mas–mu e–kin o:–yo:. 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling