O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Muttafiq ul-arkon bahrlarning soni 7 ta. Ular bizga ma’lum bo’lgan sakkiz asl 
rukndan yettitasining takroridan hosil bo’ladi. Asliy ruknlar va ular asosida yuzaga 
keladigan muttafiq ul-arkon bahrlar quyidagi jadvalda ko’rsatilgan: 
T/r 
ruknlar nomi 
bahrlar 

fauvlun 
mutaqorib 

foilun 
mutadorik 


 
32 

mafoiylun 
hazaj 

foilotun 
ramal 

mustaf’ilun 
rajaz 

mutafoilun 
komil 

mafoilatun 
vofir 
Asliy ruknlardan «maf’uvlotu»ning takroridan hosil bo’luvchi bahr yo’q. 
Muxtalif ul-arkon bahrlarning soni 12 ta. Muxtalif ul-arkon bahrlar asliy 
ruknlarning qay usulda birikuviga ko’ra o’z navbatida yana ikkiga bo’linadi: 
a) ikki ruknning galma-gal takroridan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlarning 
soni 8 ta. Ular quyidagi jadvalda aks etgan: 
 T/r ruknlar nomi 
bahrlar 

mafoiylun + foilotun + mafoiylun + foilotun 
muzore’ 

foilotun + mustaf’ilun + foilotun + mustaf’ilun 
xafif 

mustaf’ilun + foilotun + mustaf’ilun + foilotun 
mujtass 

mustaf’ilun + maf’uvlotu + mustaf’ilun + maf’uvlotu 
munsarih 

maf’uvlotu + mustaf’ilun + maf’uvlotu + mustaf’ilun 
muqtazab 

fauvlun + mafoiylun + fauvlun + mafoiylun 
tavil 

mustaf’ilun + foilun + mustaf’ilun + foilun 
basit 

foilotun + foilun + foilotun + foilun 
madid 
Bu usulda tuzilgan bahrlarda qaysi rukn qaysi o’rinda kelishiga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Chunki ruknlarning o’rni o’zgarishi bilan bahrlarning nomi ham 
o’zgarib ketadi. Masalan, «foilotun» «mustaf’ilun»dan avval kelsa, xafif; keyin kelsa, 
mujtass; «mustaf’ilun» «maf’uvlotu»dan avval kelsa, munsarih; keyin kelsa
muqtazab bahrlari hosil bo’ladi;
b) ketma-ket ikkita bir xil va bitta boshqa ruknning birikuvidan tuzilgan 
bahrlar. Bunday bahrlarning soni 4 ta. Ular quyidagilar:

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling