4
1-мавзу: Kirish. Aruz vaznining o’ziga xos xususiyatlari. Qisqa va cho’ziq
bo’g’inlar
Режа:
1. Aruz vaznining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Қисқа бўғинлар.
3. Чўзиқ бўғинлар.
Aruz Sharq xalqlari adabiyotida juda qadimiy tarixga ega vazn bo’lib, dastlab
arab adabiyotida vujudga kelgan. IX asrdan boshlab aruz fors
-tojik adabiyotida ham
asosiy vaznga aylandi. Aruzning turkiy xalqlar adabiyotiga
kirib kelishi XI asrga
to’g’ri keladi. Turkiy adabiyotda aruz vaznida yozilgan birinchi asar Yusuf Xos
Hojibning 1079 yilda yozilgan «Qutadg’u bilig» asaridir.
Yusuf Xos Hojibdan
boshlab to XX asrning boshlariga qadar yashab ijod etgan barcha shoirlar: Ahmad
Yugnakiy,
Pahlavon Mahmud, Xorazmiy,
Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Atoiy,
Sakkokiy,
Haydar Xorazmiy, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Muhammad Solih, Bobur,
Xoja, Turdi, Mashrab, Munis, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat va boshqa
so’z san’atkorlari o’z asarlarini aruz vaznida bitganlar. Aruz vaznida asarlar yozish
an’anasi shu kunlarda ham davom etmoqda.
Aruz haqidagi ilmga asos solgan kishi ham 8-asrda
yashab ijod etgan arab
olimi Xalil ibn Ahmaddir. Bu haqda Alisher Navoiy aruz vazniga bag’ishlangan
«Mezon ul
-avzon» asarida shunday deb yozadi:
«Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu
fanning voziidur, chun arab ermish» (Mazmuni:
Aruz vaznining asoschisi Xalil ibn
Ahmad rahmatullohdirki, arab ekan). Xalil ibn Ahmad arab adabiyotida mavjud
bo’lgan vaznning o’ziga xos xususiyatlarini g’oyat aniq
va mukammal bayon qilib,
uni o’zi yashagan vodiyning nomi bilan ataydi. Bu haqda Alisher Navoiy shunday
deb yozadi:
«Va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani Aruz derlar ermish va ul
Do'stlaringiz bilan baham: