O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Barmoq vazni misralardagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligiga


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Barmoq vazni misralardagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligiga 
asoslangan vazndir. Barmoq vazni talabiga ko’ra, she’riy misralardagi 
bo’g’inlarning soni bir-biriga teng bo’lishi lozim. Masalan, quyidagi misralarning har 
birida 7 tadan bo’g’in bor: 
Kun chosh–goh–dan oq–qan–da, (7)
Qu–yosh tik–ka boq–qan–da, (7) 
Qo’z–g’ol–gan ka–bi bo’–ron, (7) 
Gu–vil–lab qol–di os–mon. (7) 
H.Olimjon. Semurg’ 
Demak, bu she’r 7 bo’g’inli barmoq vaznida yozilgan.
Quyidagi misralarda esa 9 tadan bo’g’in bor: 
El so’y–lar–kan do–im yo–mon–ni, (9) 
A–ta–may–di hech bir O–mon–ni. (9) 
H.Olimjon. Zaynab va Omon 
Demak, bu she’r 9 bo’g’inli barmoq vaznida yozilgan. 
Aruz vaznida ham misralardagi bo’g’inlar miqdor jihatidan teng bo’lishi lozim. 
Masalan, Navoiyning «Kelmadi» radifli mashhur g’azalidan olingan quyidagi 
misralarda 15 tadan bo’g’in bor:  
Ke–cha kel–gum–dur de–bon ul sar–vi gul–ro’ kel–ma–di, (15) 
Ko’z–la–rim–ga ke–cha tong ot–qun–cha uy–qu kel–ma–di. (15) 
Biroq aruz vaznidagi bo’g’inlarning barmoq vaznidagi bo’g’inlardan jiddiy 
farq qiladigan jihatlari bor: birinchidan, bo’g’inlar aruz vaznida bo’g’in emas, hijo 
deb ataladi, ikkinchidan esa, aruz vaznida misralardagi bo’g’inlarning miqdor 
jihatidan teng bo’lishining o’zi kifoya emas: bo’g’inlar miqdor jihatidan teng bo’lishi 
bilan birga, sifat jihatidan ham bir xil bo’lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, aruz 


 

she’riy misralardagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligi bilan birga, sifat 
jihatidan ham bir xilligiga asoslangan vazndir.
Bo’g’inlarning sifati deyilganda, ularning qisqa, cho’ziq yoki o’ta cho’ziqligi 
tushuniladi. Shunga ko’ra, hijolar uch xil bo’ladi: 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling