O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
1) qisqa;
2) cho’ziq; 3) o’ta cho’ziq. Ma’lumki, bo’g’inlar o’zbek tili darslarida ikkiga bo’linadi: 1) ochiq; 2) yopiq. Unli tovushlar bilan tugagan bo’g’inlar ochiq, undosh tovushlar bilan tugagan bo’g’inlar esa yopiq bo’g’in deyiladi. Garchi qisqa va cho’ziq bo’g’inlar bilan ochiq va yopiq bo’g’inlar orasida ma’lum aloqadorlik bo’lsa ham, ular boshqa–boshqa tushunchalardir: ochiq bo’g’in qisqa bo’g’in, yopiq bo’g’in cho’ziq bo’g’in yoki buning teskarisi: yopiq bo’g’in qisqa bo’g’in, ochiq bo’g’in cho’ziq bo’g’in emas. Qisqa va cho’ziq bo’g’in tushunchasi, avvalo, unli tovushlardagi cho’ziqlik va qisqalik bilan bog’liq. Binobarin, qisqa va cho’ziq bo’g’inlarni bir-biridan farqlash uchun, avvalo, qisqa unli nima-yu, cho’ziq unli nima – ularni bilib olish lozim. Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a, o, u, o’, i, e. Lekin ular qisqa va cho’ziq unlilarga ajratilmaydi, chunki o’zbek tilida cho’ziq unlilar yo’q. Unli tovushlar biroz cho’ziqroq talaffuz etiladigan so’zlar esa yo arabcha, yoki forscha so’zlardir. Unlilarning qisqa-cho’ziqligi fors va arab tillari uchun xos xususiyat. Masalan, fors tilida ham o’zbek tilidagidek 6 ta unli tovush bor: a, o, u, o’, i, e. Lekin ular, o’zbek tilidan farqli o’laroq, ikkiga bo’linadi: 1) qisqa: a, o’, e; 2) cho’ziq: o, u, i. Arab tilida esa 3 ta unli bor: a, u, i. Lekin ana shu unlilarning ikki xil ko’rinishi bor: 1) qisqa: a, u, i; 2) cho’ziq: a, u, i. Fors va arab tillaridagi qisqa unlilar qisqa, cho’ziq unlilar esa qisqa unlilarga nisbatan ikki baravar cho’ziqroq talaffuz qilinadi. Eslatma: Arabcha va forscha so’zlardagi unlilarning cho’ziqligini kirill yozuvida ham, lotin yozuvida ham aks ettirib bo’lmaydi. Shuning uchun shartli belgilardan foydalanamiz: o:, a:, u:, o’:, i:, e:. Unlidan keyingi ikki nuqta ularning cho’ziqligini bildiradi. Qisqa va cho’ziq unlilar haqida tasavvur hosil qilish uchun quyidagi so’zlardagi “i”, “u”, “o” tovushlarini solishtirib ko’rish mumkin: bilan–aqi:da; uka– manzu:ra; bola–lo:la. Ikkinchi so’zlardagi «i», «u», «o» tovushlarining birinchi so’zlardagi “i”, “u”, “o” tovushlariga nisbatan ikki baravar cho’ziq talaffuz etilayotganini sezish qiyin emas. Shuni ham alohida esda tutish lozimki, arab va fors tillarida qisqa unlilar doimo qisqa, cho’ziq unlilar esa doimo cho’ziq talaffuz qilinadi. Bordiyu, qisqa unli cho’ziq, cho’ziq unli esa qisqa talaffuz etilgudek bo’lsa, yo so’zning ma’nosi o’zgaradi, yoki ma’nosi butunlay yo’qolib ketadi. Masalan: dur–inju, marvarid; du:r–uzoq, yiroq. Marvarid ma’nosidagi dur so’zidagi “u” hech qachon cho’ziq, uzoq ma’nosidagi dur so’zidagi “u” esa hech qachon qisqa talaffuz etilmaydi. Yoki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling