O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


«sen», 8-bo’g’in esa ochiq: «be–»


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

«sen», 8-bo’g’in esa ochiq: «be–». Lekin birinchi misradagi har ikki bo’g’in cho’ziq 
bo’lganligi uchun, ikkinchi misradagi har ikki bo’g’in ham cho’ziq: «sen», «be:»:––.
9-bo’g’inlar har ikkala misrada ham («a–» 1-misrada, «–xa» 2-misrada) ochiq bo’lib, 
qisqa talaffuz qilinmoqda, shuning uchun ular qisqa bo’g’in: V. 10-bo’g’inlar har 
ikkala misrada ham yopiq: «– yir», «–bar». Ularning cho’ziqligi shubhasiz:–. 
1-misradagi 11-bo’g’in ochiq: «–di», aniqlash uchun 2-misraga qaraymiz, yopiq: «–
san». Xuddi shu holat 12-bo’g’inlarda takrorlangan: 1-misrada yopiq: «shah–»
2-misrada esa ochiq: «ho–». Qoidaga ko’ra, mos bo’g’inlardan biri yopiq bo’lganligi 
uchun 11, 12-bo’g’inlar cho’ziq bo’g’in: – – . 13-bo’g’inlarning har ikkalasi ham 
ochiq va unlilar qisqa talaffuz qilinmoqda: (1-misra: «–su», 2-misra: «–li»). 
Demak, 13-bo’g’inlar qisqa: V. 14-bo’g’inlar har ikkala misrada ham ochiq: «–vo» 
(1-misra), «zo–» (2-misra). Lekin ular cho’ziq talaffuz qilinmoqda: «–vo:», «zo:–»
Biroq, shunga qaramay, bu baytdan ularning qanday bo’g’in ekanligini aniqlash 
qiyin. Shuning uchun javob izlab g’azalning keyingi baytiga murojaat qilamiz: 
G’uborim ishq vodiysida barbod o’ldi andoqkim, 
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar g’uborimdin. 
Birinchi misradan ko’rinib turibdiki, 14-bo’g’in yopiq: «an–». Demak, avvalgi 
baytdagi 14-bo’g’inlar ham cho’ziq bo’g’in: –. 15, 16-bo’g’inlarning cho’ziq 
bo’g’inligi ko’rinib turibdi, chunki ularning ikkalasi ham yopiq: «–rim», «–din»: – –. 
Endi har ikkala misralardagi cho’ziq va qisqa bo’g’inlarni bir qatorga keltirsak, 
quyidagi chizma hosil bo’ladi: 
Fi–g’on–kim, gar–di–shi: dav–ron a–yir–di: shah–su–vo:–rim–din, 
V – – – V – – – V – – – V – – –
G’a–mim ko’p, ey ko’–ngul, sen be:–xa–bar–sen ho:–li zo:–rim–din. 
V – – – V – – – V – – – V – – – 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling