O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

 
10 
2-мавзу: O’ta cho’ziq bo’g’inlar 
1. Ўта чўзиқ бўғин тушунчаси. 
2. Таркибида чўзиқ унли мавжуд бўлган ўта чўзиқ бўғинлар. 
3. Қўш ундош билан тугайдиган ўта чўзиқ бўғинлар. 
4. Ўта чўзиқ бўғинларнинг ўқилиши. 
 O’ta cho’ziq bo’g’inlar bo’g’inning alohida turi bo’lib, bunday bo’g’inlar 
o’zbek tili fanida ham, barmoq vaznida ham mavjud emas. O’ta cho’ziq 
bo’g’inlarning aruz vaznida alohida o’rni bor. 
Tarkibida cho’ziq unlilar mavjud bo’lgan hamda qo’sh undosh bilan 
tugagan yopiq bo’g’inlar o’ta cho’ziq bo’g’in deyiladi. Demak, o’ta cho’ziq 
bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:
1) tarkibida cho’ziq talaffuz qilinadigan unlilar bo’lgan yopiq bo’g’inlar: tak–
ror, Maj–nun, dil–dor, tah–rir, dar–vesh. Bunday bo’g’inlarning cho’ziq 
bo’g’inlardan farqi shuki, agar cho’ziq bo’g’inlarning tarkibidagi unlilar qisqa 
talaffuz qilinsa, o’ta cho’ziq bo’g’inlar tarkibidagi unlilar cho’ziq talaffuz qilinadi;
2) qo’sh undosh bilan tugaydigan yopiq bo’g’inlar: mast, ba–land, xur–sand, 
muhr–dor, ishqqatlrost.
O’ta cho’ziq bo’g’inlar quyidagi belgi bilan ifodalanadi: ~
O’ta cho’ziq bo’g’inlar qaerda kelishi: misra boshida, o’rtasida, oxirida, 
shuningdek, unli yoki undosh bilan boshlanadigan so’z yoki bo’g’indan oldin 
kelishiga qarab turlicha o’qiladi.
Tarkibida cho’ziq unli mavjud bo’lgan
o’ta cho’ziq bo’g’inlar 
O’ta cho’ziq bo’g’inning bu turi quyidagicha o’qiladi:
1) misra oxirida kelganda hamma vaqt bitta o’ta cho’ziq bo’g’in sifatida: 
Kim bu xa–lo:–yiq–qa e–rur saj–da–goh
– V V – – V V – – V ~ 
Ul bi–ri Xo:–liq–qa e–rur jil–va–goh
– V V – – V V – – V ~ 
Misralar oxiridagi bo’g’inlar: «–goh», «–goh» o’ta cho’ziq bo’g’inlardir. Misra 
oxirida kelgan o’ta cho’ziq bo’g’inning cho’ziq bo’g’indan farqi yo’q: o’ta cho’ziq 
bo’g’in cho’ziq bo’g’in singari talaffuz qilinadi; 
2) misra boshi yoki o’rtasida kelganda, vazn talabi bilan ikki xil o’qiladi: 
a) ikki bo’g’in–bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in sifatida. Bu holda o’rtadagi 
cho’ziq unli o’zidan oldingi undosh bilan bir cho’ziq bo’g’in, bo’g’in oxiridagi 
undoshning yolg’iz o’zi esa bir qisqa bo’g’in hosil qiladi. Demak, o’ta cho’ziq 
bo’g’in ikki bo’g’in hosil qilganda, bo’g’inlarning avalgisi cho’ziq, keyingisi qisqa 
bo’ladi:–V. Masalan quyidagi baytni ko’raylik: 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling