13
V – – – V – – – V –
~
Ikkinchi misradan ko’rinib
turibdiki, 1-misradagi 5–bo’g’in ham qisqa bo’lishi
kerak. Ammo u yopiq:
«sen». Shuning uchun «sen»dagi «n»ni «ey»ga qo’shib o’qish
lozim:
se–n^ey:
De–di: qay–din,
se–n,^ey Maj–nu:–ni gum–roh?
V – – – V – – – V –
~
De–di: Maj–nun va–tan–din qay–da o:–goh!
V – – – V – – – V –
~
4) unli bilan boshlanuvchi so’zdan oldin kelganda ham ba’zan bir cho’ziq va
bir qisqa bo’g’in sifatida o’qilishi mumkin. Bu holda qo’sh undoshlarning ikkinchisi
keyingi so’zga qo’shilmaydi:
Ey na–si:–mi:
sub–h., ah–vo:–lim di–lo:–ro:–mim–g’a
ayt,
– V
– – –
V – – – V – – – V
~
Zul–fi sun–bul, yu:–zi gul, sar–vi: gu–lan–do:–mim–g’a
ayt.
– V
– – – V – – – V – – – V
~
Baytda, ko’rinib turibdiki, «subh» so’zidagi «h» undoshi o’zidan
keyingi unli
(«a») bilan boshlanuvchi so’zga qo’shilmay, alohida bir qisqa bo’g’in hosil qilgan.
«H»ni bu o’rinda keyingi bo’g’inga qo’shib bo’lmaydi, chunki ushbu vaznda, keyingi
misradan ko’rinib turibdiki, 6-bo’g’in qisqa bo’lishi kerak. Agar «sub-h^ah-vo-lim»
tarzida qo’shib
yuborilsa, 6-bo’g’in qisqa bo’g’inga aylanib,
birinchi misrada
ikkinchi misraga nisbatan bir bo’g’in kam bo’lib qoladi.
Demak, unlidan oldin keluvchi o’ta cho’ziq bo’g’in
vazn talabi bilan bir
bo’g’in hosil qilishi ham, ikki bo’g’in hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: