O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


tas–»ga teng keladigan bo’lak «Komg’a may–»


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

tas–»ga teng keladigan bo’lak «Komg’a may–». Agar «kom–»ni bir cho’ziq, «–
g’a»ni bir qisqa bo’g’in qilib o’qiydigan bo’lsak, u holda bir qisqa bo’g’in 
yetishmaydi:–V. Chunki keyingi bo’g’in «may–» yopiq bo’g’in, yopiq bo’g’inni esa 
qisqa bo’g’in qilib bo’lmaydi:–V–. Demak, «kom–»ni ikki bo’g’in qilib o’qish lozim: 


 
12 
ko:–m.–g’a may– (–VV–). «Taslim» so’zidagi «–lim» ham shu sababdan ikki bo’g’in 
qilib o’qiladi. 
 
Qo’sh undosh bilan tugaydigan o’ta 
cho’ziq bo’g’inlar 
Qo’sh undosh bilan tugaydigan o’ta cho’ziq bo’g’inlar quyidagicha o’qiladi: 
1) misra oxirida kelganda, tarkibida cho’ziq bo’g’ini bor o’ta cho’ziq bo’g’in 
singari, hamma vaqt bir o’ta cho’ziq bo’g’in sifatida: 
Bu–lar bo:–ri:–ni pay–do: ay–la–gan ishq
V – – – V – – – V – ~ 
Bi–rin ul bir–ga shay–do: ay–la–gan ishq
V – – – V – – – V – ~ 
2) undosh tovush bilan boshlanuvchi so’z yoki bo’g’indan oldin kelganda
tarkibida cho’ziq bo’g’ini bor o’ta cho’ziq bo’g’indan farqli o’laroq, hamma vaqt ikki 
bo’g’in: bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in sifatida:
Ran–j.–kash bo’l–kim, chu tor–tar chug’–z. vay–ron ich–ra ranj
– V  – – – V – – – V – – – V ~ 
Aj–da–ho:–din biy–mi yo’q, am–mo: e–rur um–mi:–di ganj. 
– V – – – V – – – V – – – V ~ 
«Ranjkash»dagi «j» undosh bilan boshlanuvchi bo’g’in («–kash») dan oldin
«chug’z»dagi «z» undosh bilan boshlanuvchi so’z (vayron) dan oldin kelgani uchun 
qisqa bo’g’in hosil qiladi. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, mazkur holat–qat’iy 
qoida. Undoshdan oldin kelgan o’ta cho’ziq bo’g’inni bir bo’g’in qilish vaznda 
«saktalik» deb ataluvchi aybni paydo qiladi; 
3) unli bilan boshlanuvchi so’zdan oldin kelganda ko’pincha bir cho’ziq 
bo’g’in sifatida. Bu holda bo’g’in oxiridagi qo’sh undoshlarning ikkinchisi keyingi 
so’zga qo’shilib ketadi: 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling