O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Ul 
ko’–zi 
qa–ro: 
dar–du 
g’a–mi–din 
chi–da–ma–dim 
– 
v v 
v – 
– v 
v v – 
v v v – 
sababi 
xafif 
sababi 
saqil 
vatadi 
majmu’ 
vatadi 
mafruq 
fosilayi sug’ro fosilayi kubro 
Ruknlar 
Rukn (arabcha ko’plik shakli arkon) so’zining ma’nosi ustun bo’lib, rukn aruz 
vaznidagi asosiy o’lchov birligidir. Sabab, vatad va fosilalarning turli tarzda 
birikuvidan hosil bo’lgan bo’lak rukn deyiladi. Ruknlarning aruz vaznidagi o’rni va 
ahamiyati g’oyat katta bo’lib, Alisher Navoiyning so’zlari bilan aytganda, aruz binosi 
ana shu ustunlar ustiga bino qilingan. Qisqa va cho’ziq bo’g’inlardan uch xil juzv 
hosil bo’lsa, juzvlarning o’zaro birikuvidan quyidagi sakkiz rukn yuzaga keladi: 
1) fauvlun
1
. Vatadi majmu’ (V–) ning sababi xafif (–) bilan birikuvidan hosil 
bo’ladi. Mazkur rukn uch bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in qisqa, ikkinchi va 
uchinchi bo’g’inlar esa cho’ziq: V– –; 
2) foilun. Sababi xafif (–) ning vatadi majmu’ (V–) bilan birikuvidan hosil 
bo’ladi. Mazkur rukn ham uch bo’g’inli bo’lib, birinchi va uchinchi bo’g’inlar 
cho’ziq, ikkinchi bo’g’in esa qisqa: (–V–); 
3) mafoiylun. Vatadi majmu’ (V–) ning ikki sababi xafif (– –) bilan 
birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in qisqa, 
ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi bo’g’inlar cho’ziq: V– – –; 
4) foilotun. Vatadi majmu’ (V–) ning ikki sababi xafif (– –) o’rtasida 
kelishidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in 
cho’ziq, ikkinchi bo’g’in qisqa, uchinchi va to’rtinchi bo’g’inlar esa cho’ziq:–V– –; 
5) mustaf’ilun. Ikki sababi xafif (– –) ning vatadi majmu’ (V–) bilan 
birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi, ikkinchi 
va to’rtinchi bo’g’inlar cho’ziq, uchinchi bo’g’in esa qisqa:– –V–; 
6) maf’uvlotu
2
. Ikki sababi xafif (– –) ning vatadi mafruq (–V) bilan 
birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi, ikkinchi 
va uchinchi bo’g’inlar cho’ziq, to’rtinchi bo’g’in esa qisqa:– – –V; 
7) mafoilatun. Vatadi majmu’ (V–)ning fosilai sug’ro (VV–) bilan birikuvidan 
hosil bo’ladi. Mazkur rukn besh bo’g’inli bo’lib, birinchi, uchinchi va to’rtinchi 
bo’g’inlar qisqa, ikkinchi va beshinchi bo’g’in esa cho’ziq: V–VV–; 
1
Ba’zi kitoblarda faulun deb beriladi. Bu tarzda yozish xato. Chunki rukndagi ikkinchi bo’g’in cho’ziq, faulun deb 
yozilsa, uni qisqa bo’g’indan farqlab bo’lmaydi. Shuning uchun cho’ziq bo’g’inni «uv», qisqa bo’g’inni esa «u» bilan 
ifodalash lozim.
2
Ba’zi kitoblarda «maf’ulotu» tarzida beriladi. Bu holda ham chalkashlik yuzaga keladi. Chunki rukn tarkibidagi 
birinchi «u» bilan ifodalangan bo’g’in cho’ziq, ikkinchi bo’g’in esa qisqa. Shuning uchun cho’ziq bo’g’inni «uv», 
qisqa bo’g’inni «u» bilan ifodalash lozim. 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling