O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


-vazn: hazaj murabba’ solim solim. Odatda vaznning nomi bo’lgan so’zlarni  bir-biri bilan bog’lash uchun forsiy izofa


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

1-vazn: hazaj murabba’ solim solim. Odatda vaznning nomi bo’lgan so’zlarni 
bir-biri bilan bog’lash uchun forsiy izofa deb ataluvchi «i» qo’shimchasi qo’shiladi. 
U holda 1-vaznning nomi quyidagicha bo’ladi: hazaji murabba’i solimi solim. Lekin, 
agar vazn faqat solim ruknlardan tuzilgan bo’lsa, ularning hammasini aytish shart 
emas, bittasini keltirish kifoya. Demak, 1-vaznning nomi: hazaji murabba’i solim
Vaznning nomini o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: to’rttalik solim hazaj; 
2-vaznning nomi aytilganlardan kelib chiqilsa, quyidagicha bo’ladi: hazaji 
musaddasi solimi solimi mahzuf. Lekin aruz qoidasiga ko’ra, agar vaznda solim va 
far’iy ruknlar ishtirok etgan bo’lsa, solim ruknlar aytilishi shart emas, far’iy ruknni 
aytish kifoya. Miqdorni bildiruvchi so’z (murabba’ yoki musaddas yoki musamman) 
qolgan ruknlarning solim ekanligini bildirib turadi. Demak, 2-vaznning nomi: hazaji 
musaddasi mahzuf. Vaznning nomini o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: 
oltitalik mahzuf hazaj; 
3-vazn faqat far’iy ruknlardan tuzilgan, nomlashda far’iy ruknlarning hammasi 
hisobga olinadi: hazaji musammani axrabi makfufi makfufi mahzuf. Lekin bir xil 
ruknlar ikkita bo’lsa va alohida zarurat bo’lmasa, bittasini aytish kifoya. Demak, 3-
vaznning nomi: hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf. Vaznning nomini 
o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: sakkiztalik axrabu makfufu mahzuf 
hazaj. 
Boshqa vaznlar ham shu tarzda nomlanadi. 
Taqti’ 
Aruz vaznida misra va baytlarning vazni taqti’ usulida aniqlanadi. Taqti’ 
(evropa adabiyotshunosligida paradigma) so’zining lug’aviy ma’nosi – kesish, 
bo’laklarga ajratish. Aruz ilmida misra va baytlarni qisqa va cho’ziq bo’g’inlar 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling