O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

 
22 
so’zining ma’nosi esa  shu’ba yoki tarmoqdir. Aruz haqidagi ilmda har bir zihofning 
ham, ruknning zihofga uchrashi natijasida paydo bo’ladigan har bir far’iy ruknning 
ham o’z nomi bor. Masalan, «mafoiylun»ning (V– – –) oxirgi «lun» bo’g’ini tushib 
qolsa, qolgan «mafoiy» qismi «fauvlun» deb, oxirgi bo’g’inning tushishi «hazf», 
«hazf» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn (V– –) esa «mahzuf» deb 
nomlanadi; yoki foilotunning (–V– –) birinchi «fo» cho’ziq bo’g’ini qisqa «fa» 
bo’g’iniga aylansa, rukn «failotun», «fo»ning «fa»ga aylanishi «xabn», far’iy rukn 
(VV– –) esa «maxbun» deyiladi. 
Turkiy, jumladan, o’zbek she’riyatida uchraydigan besh rukn Navoiy va 
Boburlarning ko’rsatishicha, 44 xil zihofga uchrab, buning natijasida 60 xil far’iy 
rukn hosil bo’ladi. Agar bunga asliy ruknlarning o’zini ham qo’shadigan bo’lsak, 
ruknlarning soni 65 taga yetadi.
Ruknlar sonining ko’payishi vaznni murakkablashtirish bilan birga, uning 
imkoniyatlarini ham behad kengaytirib yuboradi. Shayx Ahmad binni Xudoydod 
Taroziyning «Funun ul-balog’a» asarida yozilishicha, asliy va far’iy ruknlarning turli 
tarzda birikuvidan 366 vazn hosil qilish mumkin. Zahiriddin Muhammad Bobur esa 
«Risolai aruz» asarida bu ruknlardan yuzaga kelgan 537 vaznni ko’rsatib o’tadi.
Endi ruknlar, ularda uchraydigan zihoflar hamda ulardan hosil bo’ladigan 
far’iy ruknlar bilan tanishamiz. Biroq barcha ruknlarni birdaniga emas, balki alohida-
alohida – shu rukndan hosil bo’ladigan vaznlar bilan birgalikda ko’rib chiqamiz. Bu – 
har bir ruknning zihof va furu’larini hamda ulardan hosil bo’ladigan vaznlarni eslab 
qolishni osonlashtiradi. 
6-мавзу. «Mafoiylun» (V– – –) rukni va 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling