O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


be:(badal) – foilotun; so’z aytu–r


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

be:(badal) – foilotunso’z aytu–r^el – mustaf’ilun
Demak, ruknlar ma’lum tuzilish va ohangga ega bo’lgan so’z yoki ritmik 
bo’laklardir. Muayyan vazn ana shu bo’laklarga mos keluvchi so’zlardan hosil 
bo’ladi.
Masalan, quyidagi bayt «mafoiylun» qolipidagi bo’laklardan tuzilgan:
Xazon yafro: | g’i yanglig’ gul | yuzung hajri: | da sarg’ardim, 
V – – – | V – – – | V – – – | V – – –
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
Ko’rub rah–m^ay | lagil, ey lo: | laruh, bu cheh | rai: zardim. 
V – – – | V – – – | V – – – | V – – – 
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun 
Quyidagi bayt esa «mustaf’ilun» qolipidagi bo’laklardan tuzilgan:
Mushkin qoshi: |ning hay’ati: | ul chashmi jal | lod ustina:, 
– – V – | – – V – | – – V – | – – V –
mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun 
Qatlim uchun | «nas» keltirur | «nun» eltibon | «sod» ustina. 
– – V – | – – V – | – – V – | – – V – 
mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun 
5-мавзу: Zihof va furu’ 
Режа: 
1. Зиҳоф тушунчаси. 
2. Фуруъ тушунчаси. 
3. Фаръий рукнлар
Aruz vaznining murakkab jihatlaridan biri shundaki, ruknlar sakkiz asliy 
ruknning o’zidangina iborat emas. Ularning soni amalda anchagina ko’p. Buning 
sababi shuki, asliy ruknlar ijod jarayonida xilma-xil o’zgarishlarga uchraydi. Asliy 
ruknlar tarkibida, jumladan, quyidagi o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin:
a) rukn tarkibidagi bir yoki bir necha bo’g’in tushib qoladi; 
b) cho’ziq bo’g’in qisqa bo’g’inga, qisqa bo’g’in cho’ziq bo’g’inga aylanadi;
v) ba’zan esa bo’g’inlar ham tushib qoladi, ham qisqa bo’g’in cho’ziq 
bo’g’inga, cho’ziq bo’g’in esa qisqa bo’g’inga aylanadi.
Asliy ruknlarda yuz beradigan bunday o’zgarishlar zihof, ruknning zihofga 
uchrashi natijasida paydo bo’lgan yangi ko’rinishlari esa furu’ yoki far’iy ruknlar 
deb ataladi. Zihof (ko’pligi zihofot) so’zining ma’nosi–o’zgarishfuru’ (birligi far’



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling