O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Kom–g’a may–l^ay–la–di chun komgor
Ay–la–di tas–lim o’–zin gul–’u–zor. 


 
11 
Mazkur baytda «kom–g’a» so’zidagi «–kom», «kom–gor» so’zidagi «–kom» 
va «–gor», «taslim» so’zidagi «–lim», «gul–’u–zor» so’zidagi «–zor» bo’g’inlari 
o’ta cho’ziq bo’g’inlardir. «Komgor» so’zidagi «–gor» va «gul’uzor» so’zidagi «–
zor» bo’g’inlari misraning oxirida kelganligi uchun bitta o’ta cho’ziq bo’g’in hosil 
qilgan. Misra boshida kelgan «komg’a» so’zidagi «–kom» va misra o’rtasida kelgan 
«taslim» so’zidagi «–lim» o’ta cho’ziq bo’g’inlari esa ikki bo’g’in: bir cho’ziq va bir 
qisqa bo’g’in hosil qilgan: ko:–m.–g’a; tas–li:–m.
Eslatma: bir undoshning o’zi qisqa bo’g’in hosil qilganini ifodalash uchun 
undan keyin nuqta qo’yamiz: 
Ko:–m.–g’a may–l^ay–la–di chun ko:–m.gor
– V V – – V V – – V ~ 
Ay–la–di tas–li:–m. o’–zin gul–’u–zor. 
– V V – – V V – – V
Bunday hollarda vaznga xos ohangni ta’minlash uchun yo cho’ziq bo’g’inni 
kuchli urg’u bilan o’qish, yoki oxirgi undoshga bir qisqa «i» qo’shib talaffuz qilish 
lozim:
Ko:–mi–g’a may–l^ay–la–di chun ko:–migor
– V V – – V V – – V ~ 
Ay–la–di tas–li:–mi o’–zin gul–’u–zor. 
– V V – – V V – – V
Qo’shimcha «i»ni juda ham qisqa talaffuz etish kerak; 
b) bir cho’ziq bo’g’in sifatida: 
Sho’x ik–ki g’i–zo:–ling–ni: noz uy–qu–si–din uy–g’at, 
– – V V – – – – – V V – – – 
To: uy–qu–la–ri: ket–sun, gul–zor i–chi–da: o’y–nat. 
– – V V – – – – – V V – – – 
Baytda uchta o’ta cho’ziq bo’g’in bor: sho’x, noz, zor. Har uchalasi ham oddiy 
bir cho’ziq bo’g’in hosil qilgan. 
Izoh: misra boshi yoki o’rtasida kelgan bu xildagi o’ta cho’ziq bo’g’inni 
qachon bir cho’ziq, qachon bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in qilib o’qish haqida qat’iy 
qoida yo’q. Bunda vazn talabi: bo’g’inning misradagi o’rni, undan keyingi 
bo’g’inlarning qanday bo’g’in ekanligidan kelib chiqiladi. Jumladan, «komg’a» 
so’zidagi «m»ni bir qisqa bo’g’in qilib o’qidik. Buning sababi shuki, vaznning shu 
bo’lagida ketma-ket keluvchi ikki qisqa bo’g’in bor. Bu keyingi misraning shunga 
mos keluvchi bo’lagidan aniq ko’rinib turibdi: «Ay–la–di tas–» (–VV–). «Ay–la–di 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling