9
2,3,4-bo’g’inlar yopiq:
«–g’on», «–kim», «gar–» (1-misra),
«–mim», «ko’p», «ey»
(ikkinchi misra). Binobarin, ular cho’ziq:– ––. 1-misradagi 5-bo’g’in
«–di»,
u qisqa
talaffuz qilinmoqda, shuning uchun uni qisqa bo’g’in deyish mumkin. Ammo
ikkinchi
misradagi «ko’ngil» so’zi uning qisqaligiga shubha uyg’otadi, chunki
ko’pchilikning nazarida
«ko’ngil» so’zi bo’g’inlarga
«ko’n–gil» tarzida ajraydi. Agar
«ko’ngil» shu tarzda ajratiladigan bo’lsa, ikkinchi misradagi 5-bo’g’in cho’ziq bo’lib,
ikkala bo’g’in o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Ammo ziddiyat yo’q.
Chunki
«ko’ngil», «singil» kabi so’zlar bo’g’inlarga
ko’–ngil, si–ngil tarzida ajratiladi, bu
so’zlar tarkibidagi «ng»
bir tovushni ifodalab, «ng» o’zidan keyingi unli bilan bir
bo’g’in hosil qiladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, ikkinchi misradagi 5-bo’g’in ham
qisqa:
«ko’–»: V. 1-misradagi 6-bo’g’in (
«–shi»)ning qandayligini aniqlash qiyin:
uni
qisqa ham, cho’ziq ham talaffuz qilish mumkin. Shuning uchun 2-misradagi
6-bo’g’inga murojaat qilamiz:
«–ngul». Demak, u cho’ziq. Shunday ekan,
birinchi
misradagi
«–shi» ham cho’ziq:–, uni cho’ziq talaffuz qilish lozim:
«shi:».
1-misradagi 7,8-bo’g’inlar yopiq:
«dav–ron»; ikkinchi misrada esa 7-bo’g’in yopiq:
Do'stlaringiz bilan baham: