O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
mafoiylun mafoiylun fauvlun
Endi yuqorida ko’rilgan usul bilan baytning vaznini nomlaymiz: hazaji musaddasi mahzuf (oltitalik mahzuf hazaj). Yoki boshqa bayt: Mun–doq de //–di no:–qi–li: //ma–o:–ni:, Qil–g’och bu //ba–di:–’a so’z //ba–yo:–ni:. – – V // V – V – // V – – Birinchi ruknning birinchi va ikkinchi bo’g’inlari cho’ziq, uchinchi bo’g’ini esa qisqa. Uch bo’g’inli bu rukn «mafoiylun»ning «axrab» ko’rinishi bo’lgan 31 «maf’uvlu»ga to’g’ri keladi: – – V // maf’uvlu. Ikkinchi rukn to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi va uchinchi bo’g’inlari qisqa, ikkinchi va to’rtinchi bo’g’inlari esa cho’ziq. Bu rukn «mafoiylun»ning «maqbuz» ko’rinishi bo’lgan «mafoilun»ga to’g’ri keladi: V – V – // mafoilun. Uchinchi rukn uch bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in qisqa, ikkinchi, uchinchi bo’g’inlar esa cho’ziq. Bu rukn «mafoiylun»ning «mahzuf» ko’rinishi bo’lgan «fauvlun»ga to’g’ri keladi: V – – // fauvlun: Mun–doq de //–di no:–qi–li: //ma–o:–ni:, Qil–g’och bu //ba–di:–’a so’z //ba–yo:–ni:. – – V // V – V – // V – – maf’uvlu mafoilun fauvlun Bu vaznning nomini ham yuqoridagi usul bilan aniqlasak, baytning vazni hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf bo’ladi (oltitalik axrabu maqbuzu mahzuf hazaj). Boshqa ruknlarning nomi ham shu tarzda belgilanadi. Bahrlar Bir yoki ikki asliy rukn asosida yuzaga keladigan vaznlar to’plami bahr deyiladi. Masalan, avvalgi mavzulardan ma’lumki, «mafoiylun»ning solim va far’iy ko’rinishlaridan quyidagi vaznlar yuzaga keladi: 1) hazaji musaddasi mahzuf; 2) hazaji musaddasi maqsur; 3) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf; 4) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi maqsur; 5) hazaji musaddasi axrabi ashtari mahzuf; 6) hazaji musammani solim; 7) hazaji musammani axrab; 8) hazaji musammani ashtar; 9) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf va hokazo. Ana shunday bir rukndan hosil bo’lgan vaznlar yig’indisi bahr deyiladi. «Mafoiylun» ruknidan «hazaj», «foilotun»» ruknidan «ramal», «mustaf’ilun» ruknidan «rajaz», «fauvlun» ruknidan «mutaqorib» bahrlari yuzaga keladi. Aruz vaznida hammasi bo’lib 19 bahr bor. Bahrlar bir asl ruknning takrori yoki ikki asl ruknning o’zaro birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra ular ikkiga bo’linadi: 1) muttafiq ul-arkon bahrlar – bir xil ruknli bahrlar; 2) muxtalif ul-arkon bahrlar – har xil ruknli bahrlar. Agar bahr bir asl ruknning takroridan hosil bo’lgan bo’lsa, muttafiq ul-arkon, ikki asl ruknning birikuvidan hosil bo’lgan bo’lsa, muxtalif ul-arkon bahr deyiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling