O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turdi
- Ramali musammani maqsur
- Turdi Eslatma
Furqat
3. Ramali musammani mahzuf. Mazkur vaznning 1,2,3-ruknlari «foilotun»ning solim (foilotun // –V– –), 4-rukni esa mahzuf (foilun // –V–) ko’rinishiga teng bo’ladi: foilotun foilotun foilotun foilun – V– – // – V– – // – V– – // – V– Masalan: Kun Ha–mal–g’a: kir–di er–sa:, kel–di o:–lam nav–ro’–zi:, Kech–ti Bah–man, zam–ha–rir qish, qol–ma–di: qo:–ri:, bu–zi:. – V – – // – V – – // – V – – // – V – foilotun foilotun foilotun foilun solim solim solim mahzuf Rabg’uziy Yoki: Qat–ra–yam no:–chi:–z., am–mo: zo:–ti qul–zum Tur–di–man, Kel–tu–ran am–vo:–j.–g’a: bah–ri: ta–lo:–tum Tur–di–man. – V – – // – V – – // – V – – // – V – foilotun foilotun foilotun foilun solim solim solim mahzuf Turdi 49 Ramali musammani mahzuf o’zbek mumtoz adabiyotida eng ko’p qo’llangan vazndir. O’tmish shoirlarining devonlaridagi aksariyat she’rlar ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul–maoniy” devonidagi 3132 she’rdan 1156 tasi, jumladan 2600 g’azaldan 1089 tasi, ya’ni 42 foizi, Boburning 113 g’azalidan 42 tasi, Muqimiyning 226 lirik she’ridan 117 tasi shu vaznda yozilgan. 11 Boshqa shoirlar ijodida ham bu vaznda yaratilgan she’rlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Buning sababi mazkur vaznning o’ynoqiligi, jozibadorligi, inson ichki kechinmalarini ifodalash uchun qulayligidir. 4. Ramali musammani maqsur. Mazkur vaznning 1,2 va 3-ruknlari ramali musammani mahzuf bilan bir xil: foilotun // foilotun // foilotun. 4-rukni esa «foilotun»ning maqsur ko’rinishi «foilon» (– V ~): foilotun foilotun foilotun foilon – V– – // – V– – // – V– – // – V~ Masalan: Ul na gum–baz–dur, e–shi:–gi:, tuy–nu–gi:–din yo’q ni–shon, Ne:–cha gul–gun–po’:–sh. qiz–lar man–zi–l^ay–lab–dur ma–kon. – V – – // – V – – // – V – – // – V ~ foilotun foilotun foilotun foilon solim solim solim maqsur Uvaysiy Yoki: Bir sa–ri: az–m^ay–la, jo:–yi: no:–mu–sul–mon–dur bu mulk, Fit–na–yi: av–bo:–sh., zul–mu: kuf–ru tug’–yon–dur bu mulk. – V – – // – V – – // – V – – // – V ~ foilotun foilotun foilotun foilon solim solim solim maqsur Turdi Eslatma: ramali musammani mahzuf va ramali musammani maqsur vaznlari bir-biriga yaqin vaznlar bo’lgani uchun bir she’r doirasida almashinib qo’llanishi mumkin. 5. Ramali musammani solimi maxbuni mahzuf. Mazkur vaznning 1-rukni «foilotun»ning solim (foilotun // –V– –), 2,3-ruknlari maxbun (failotun // –V––), 4- rukni esa maxbuni mahzuf (failun // VV–) ko’rinishiga teng bo’ladi: foilotun failotun failotun failun – V– – // V V– – // V V– – // V V– Masalan: Dav–r. el so:–g’a–ri–ni: qil–di ma–yi: no:–b. to’–la:, Juz me–ning es–ki sa–fo:–lim–ni–ki, xu:–no:–b. to’–la:. 11 A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. - Toshkent: «SHarq» nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1999, 165-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling